Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Vezuvian – Ca
10 Al 4 (Mg,Fe) 2 (OH,F) 4 [SiO 4 ] 5 [Si 2 O 7 ] 2 Vezuviy vulqonida birinchi topilgani uchun Shunday nom qo‘yilgan. Sinonimi – idokraz. Kimyoviy tarkibi: CaO – 33-37%; Al 2 O 3 – 13-16%; SiO2 – 35-39%; H 2 O – 2-3%. Ko‘pincha aralashma sifatida K 2 O, Na 2 O, Li 2 O, MnO, ZnO, TiO 2 , B 2 O 3 uchraydi. Tarkibida 3% gacha V 2 O 3 va optik musbat bo‘lgan vezuvianlar viluit deyiladi. Sinogiyasi tetragonal, simmetriya ko‘rinishi ditetragonal-dipiramidal – L 4 4L 2 5PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =15,66; c 0 =11,85; a 0 :c 0 =1:0,757. Vezuvian nayzasimon va donasimon agregatlar, hamda qisqa prizmatik va ba’zan dipiramidal qiyofadagi kristallar tarzida uchraydi. 251 Vezuvianni rangi yashilroq-sariq, qo‘ng‘ir, butilkasimon yashil va ba’zan zumratdek. Yaltirashi shishasimon, yog‘langandek. Ulanish tekisligi yo‘q. Qattiqligi 6,5. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 3,34-3,44. Sinishi tekismas yoki chig‘anoqsimon. Optik xususiyatlari: bir o‘qli, manfiy; Nm=1,705-1,732; Np=1,701-1,726. Vezuvianda diagnostik belgi bo‘lib kristallar formasi xizmat qiladi. HCl da qisman eriydi, qizdirgandan so‘ng butunlay erib, SiO 2 ni elimshak moddasi ajralib chiqadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,74; 2,59; 1,63. Dahandam alangasida qavarib chiqadi va oson erib yashil yoki qo‘ng‘ir shishaga aylanadi. Vezuvian tipik gidrotermal-pnevmatolit mineraldir. U odatda ohaktosh va dolomitlar bilan kontaktda kal’sit, granatlar, xlorit, epidot va diopsid bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. O‘ta asos tog‘ jinslarini serpentinlanish jarayonida vezuvian grosulyar bilan birgalikda plagioklazlar hisobiga yuzaga keladi. Bunday hollarda u xromli temirtoshdagi darzliklarni to‘ldiradi. Vezuvian bilan birgalikda nefelin, avgit, shox aldamchisi, flogopit va skapolit keladi. Bu mineral Janubiy Uralda (Shishimsk va Nazyamsk tog‘lari), Yakutiyada (26.7-rasm), Vezuviyda ma’lum. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling