Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
26.4-rasm. Granat kristallari
Masalan, Norvegiyada Dal’sf’ord yaqinida topilgan granatni og‘irligi 700 kg kelgan. Granat kristallarini eng ko‘p uchraydiganlari rombik dodekaedr shaklida bo‘ladi, ba’zan tetragon-trioktaedr ham bo‘lishi mumkin. Granatlar alohida kristallar va kristall uyumlari holida uchraydi (26.5, 26.6-rasmlar). Tog‘ jinsi sifatidagi yaxlit massalari, donador yoki ba’zan massiv agregatlari andradit va grossulyar uchun xarakterlidir. 26.5-rasm. Granat druzasi 249 26.6-rasm. Granat druzasi Granatlarni rangi oqdan qoragacha bo‘ladi. Bu oraliqda granatlarda ko‘kdan boshqa hamma ranglar uchraydi. Ohakli granatlar odatda rangsiz, yashilroq, andradit qora bo‘ladi. Uvarovit – zumrat-yashil, pirop, al’mandin va spessartin qizil va binafsha-qizil bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon ba’zan olmossimonga yaqin. Ulanish tekisligi mukammal emas. Sinishi chig‘anoqsimon. Qattiqligi 6,5-7,5 (al’mandin, pirop, spessartinniki yuqoriroq 7-7,5). Granatlar uchun diagnostik belgi bo‘lib kristallari qiyofasi, Yuqori darajadagi qattiqligi va solishtirma og‘irligini kattaligi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,583; 1,542; 0,7835 (pirop); 2,589; 1,539; 1,071 (al’mandin); 2,603; 1,610; 1,553 (spessartin); 3,020; 2,691; 1,604 (uvarovit); 2,662; 1,581; 1,101 (grossulyar); 2,707; 1,611; 0,819 (andradit). Sul’fat kislotada faqat andkadrit qiyinchilik bilan eriydi, qolganlari esa erimaydi. Dahandam alangasida oson erib (xromli granatlardan tashqari), har xil rangli sharchalar hosil qiladi. Temirli xillari magnitlik xususiyatiga ega. Granatlar metamorfik jarayonlarda hosil bo‘lib, kristallangan slyudali, shox aldamchisi, xlorit slanetslarda va gneyslarda, hamda skarnlarda uchraydi. Skarnlarda granatlar endokontakt zonada plagioklazlar hisobiga yoki ekzokontakt zonasida ohaktoshlarga SiO 2 ta’sir etishidan hosil bo‘lishi mumkin. Skarnlarda granatlar bilan bir assotsiatsiyada kal’sit, diopsid, vezuvian va epidot, slanetslarda esa xlorit, disten, stavrolit, slyudalar uchraydi. Magmatik sharoitda hosil bo‘lgan 250 granatlar ham uchraydi (al’mandin, pirop). Magmatik jarayonda hosil bo‘lgan granatlar kristallarini tashqi ko‘rinishi jihatidan kontaktdagilardan farq qiladi. Magmatik jarayonda hosil bo‘lganlar tetragon-trioktaedr qiyofasiga ega bo‘lsa, kontaktdagi granatlar esa rombododekaedr qiyofasiga ega bo‘ladi. Granatlarni kimyoviy tarkibi ular hosil bo‘lgan tog‘ jinslari bilan bog‘liq. Pirop va unga yaqin granatlar asosan metamorfiklashgan serpentinitlarda va boshqa magniyga boy tog‘ jinslarida (kimberlit, peridotit, piroksenit) uchraydi. Al’mandin odatda metamorfik slanetslarda, spessartin granitlarda va pegmatitlarda, uvarovit xromitlarda bo‘shliqlarni to‘ldirgan holda, grassulyar va andradit temiri kam skarnlarda uchraydi. Granat konlari Amerikada (Pensil’vaniya shtati, N’yu- York, Djordjiya), Janubiy Uralda, Kareliyada, Chexoslovakiyada (olivinli tog‘ jinslaridagi piroplar). Granatlarni yirik monomineral uyumlari O‘zbekistonda Chotqol-Qurama tog‘larida va G‘arbiy O‘zbekistonning skarnli-polimetall, skarnli- magnetit, skarnli-sheelit konlarida ma’lum. Janubiy O‘zbekistonda kam uchraydi. Yerning yuza qismida granat katta qattiqlikka ega bo‘lganligi sababli barqaror va sochilma konlarni hosil qiladi.Granatlarni chiroyli xillari qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Qattiqligi katta bo‘lgan granatlar abraziv material sifatida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling