Kristallografiya va mineralogiya
-rasm. Spodumen Nazorat savollari
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mineral SiO 2 FeO MgO CaO Na 2 O H 2
27.5-rasm. Spodumen
Nazorat savollari: 1. Diopsid va gedenbergitga ta’rif bering. 2. Berillni ranglariga qarab nomlanishi? 3. Egirin va spodumenning amaliy ahamiyati. 28. Lentasimon silikatlar Tremolit– Ca 2 Mg 5 (OH) 2 [Si 8 O 22 ], aktinolit– Ca 2 (Mg,Fe)5(OH) 2 [Si 8 O 22 ]. Tremolitni nomi topilgan joyiga (al’pdagi Tremol vodiysi) qarab qo‘yilgan. Aktinolit – grek so‘zlari «aktis» - nur va «litos» - tosh so‘zlaridan kelib chiqqan (shu’lasimton joylashgan ignadek agregatlari bilan bog‘liq). Kimyoviy tarkibi 28.1-jadvalda keltirilgan. 265 Tremolit va aktinolitni quyidagi xillari ma’lum: tremolit-asbest va aktinolit- asbest – ingichka tolali asbestga o‘xshash minerallar, odatda uzun tolalardan iborat bo‘ladi; nefrit-yaxlit, yopiq kristallangan xili, mikroskop ostida tolasimon tuzilishi kuzatiladi. 28.1-jadval Monoklin amfibollarni kimyoviy tarkibi. (% hisobida) Mineral SiO 2 FeO MgO CaO Na 2 O H 2 O Tremolit Aktinolit 46,9 – 57,72 0-42,17 0-28,83 10,93- 13,45 - 3 gacha (aktinolit uchun) Ribekit 49,3- 50,01 7,97- 18,86 0,32-0,41 1,24-2,75 8,27-8,79 - Glaukofan 47,42- 58,85 4,31- 10,91 3,92- 17,4 0,33- 12,95 3,63- 9,34 1,38-4,79 Arfvedsonit 43,85- 52,12 32,33- 37,32 0,58-0,81 0- 4,65 7,14- 13,01 0,15-2,08 Shox aldamchisi 34,66- 59,5 1,96-40,4 0,5-36,19 0,5-28,7 12,9 gacha 0,5-10,9 Tremolit va aktinolitni yaltirashi shishasimon. Qattiqligi, solishtirma og‘irligi, optik xususiyatlari 28.2-jadvalda berilgan. Bu minerallarni fizik xususiyatlari tarkibidagi temir miqdoriga qarab o‘zgaradi. 28.2-jadval Monoklin amfibollarni ayrim xususiyatlari Mineral Qattiqligi Solishtirma og‘irligi Optik xususiyatlari Ng Nm Np Ng- Np 2v Tremolit 5,5-6 2,9-3,0 1,624 1,613 1,599 0,025 81° Aktinolit 5,5-6 3,1-3,3 1,64 1,63 1,614 0,026 78° Ribekit 5-6 3,44 1,697 1,695 1,693 0,004 90° atrofida Glaukofan 6-6,5 3,1-3,2 1,639 1,638 1,621 0,018 45° Arfvedsonit 5,5-6 3,44-3,46 1,686- 1,708 1,707 gacha 1,676- 1,695 0,008- 0,012 90° atrofida Shox aldamchisi 5,5-6 3,1-3,3 1,65- 1,69 1,67- 1,64 1,63- 1,66 0,019- 0,020 O‘rtacha 80° 266 Tremolit (28.1-rasm) va aktinolitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib yoriq (tremolit uchun) va yashilroq (aktinolit uchun) rangi, nursimon agregatlari hisoblanadi. Kislotalarda deyari erimaydi. Dahandam alangasida qiyinchilik bilan erib shaffof rangsiz (tremolit) va kulrang-yashil yoki qoramtir-yashil (aktinolit) shishaga aylanadi. Hosil bo‘lishi jihatidan tremolit va aktinolit past temperaturali metamorfik mineral hisoblanadi va odatda intruziv jinslar bilan ohaktosh va dolomitlarni kontaktida, hamda kristallangan slanetslarda uchraydi. Bular bilan bir assotsiatsiyada diopsid, shpinel’, forsterit, serpentin, apatit, sfen, kal’sit, epidot va xlorit uchraydi. Temperatura ko‘tarilganda bu ikki mineral ham quyidagi reaksiya asosida piroksenlarga aylanadi: Ca 2 (Mg,Fe) 5 (OH) 2 [Si 8 O 22 ]→ 2Ca(Mg,Fe)[Si 2 O 6 ]+3(Mg,Fe)[SiO 3 ]+SiO 2 +H 2 O Metamorfik tog‘ jinslari uchun aktinolit geologik termometr vazifasini bajaradi. Eritmalarni diopsidga ta’sir etishi natijasida u quyidagi reaksiya asosida tremolitga aylanadi. 5CaMg[Si 2 O 6 ]+H 2 O=Ca 2 Mg 5 (OH) 2 [Si 8 O 22 ]+3CaO+2SiO 2 Bunda kal’siy oksid va kremnezem ajralib toza tremolitli tog‘ jinslari hosil bo‘ladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling