Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
27.3-rasm. Diopsid (Tirol’, Kareliya) 
O‘zbekistonda rombik piroksenlar kam uchrashi sababli juda kam 
o‘rganilgan. Monoklin piroksenlar O‘zbekistonda juda ko‘p uchraydi va juda ko‘p 
o‘rganilgan minerallar qatoriga kiradi. Bu gruppa minerallari asosan Chotqol-
Qurama tog‘larida va G‘arbiy O‘zbekistonda ko‘p uchraydi. 
Jadeit – NaAl[Si
2
O
6
]
Nomi fransuzcha «jad» - bel degan so‘zdan kelib chiqqan (Bu mineral bilan 
bel og‘rig‘ini davolaganlar). Bu mineral nefelin va al’bit hisobiga quyidagi 
reaksiya asosida yuzaga keladi.
Na[AlSiO
4
]+Na[AlSi
3
O
8
]=2NaAl[Si
2
O
6

nefelin al’bit jadeit 
Bu reaksiya Yuqori bosimda bo‘ladi, shuning uchun jadeit doim metamorfik 
tog‘ jinslarda uchraydi. Jadeit diopsid bilan izomorf qator hosil qiladi. Oraliq 


262 
tarkibli och yashil xili omfatsit deyiladi. Metamorfizm jarayonida plagioklaz va 
enstatit hisobiga jadeit quyidagi reaksiya asosida hosil bo‘ladi:
2Ca[Al
2
Si
2
O
8
]∙Na[AlSi
3
O
8
]+4Mg
2
[Si
2
O
6
]= 
2Mg
3
Al
2
[SiO
4
]3+2CaMg[Si
2
O
6
]+NaAl[Si
2
O
6
]+3SiO
2
Jadeitni rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,938; 2,841; 2,497.
Egirin – NaFe[Si
2
O
6
].
Nomi islandiyalik, «dengiz xudosi» Egir nomi bilan atalgan. Sinonimi 
akmit. Bu mineral deyarli doimo magmatik jarayonlarda magmada temir bilan 
silikatga kiruvchi natriy ko‘p bo‘lgan holda hosil bo‘ladi. Odatda egirin ishqor 
ko‘p bo‘lgan sharoitlarda hosil bo‘lib, ishqorli tog‘ jinslarni xarakterli minerali 
hisoblanadi. Egirin uchun ikki xil paragenezis aniqlangan: 1) nefelin va kaliyli dala 
shpatlari bilan; 2) kvars va al’bit bilan (27.4-rasm).

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling