Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
29. Varaqsimon silikatlar Tal’k – Mg 3 [Si 4 O 10 ][OH] 2 Qadimdan arabchada Shunday nom bilan atalardi. Kimyoviy tarkibi: Mg – 19,23%; Si – 29,62%; O – 50,62%; N – 0,53%. Aralashma sifatida temir, alyuminiy, nikel’ uchraydi. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,26; b 0 =9,10; c 0 =18,81; β=100°00´. a 0 :b 0 :c 0 =0,578:1:2,067. Tal’k varaqsimon, tangasimon agregatlar va yaxlit uyumlar holida uchraydi. Yaxlit massalari yog‘li tosh, steatit yoki sovun tosh deb ham ataladi. Tal’kning rangi och-yashil yoki oq, ba’zan sarg‘ish va qo‘ng‘ir bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon, sadaf kabi tovlanib turadi. Yupqa varaqchalari shaffof yoki qisman nur o‘tkazadi. Qattiqligi 1. Solishtirma og‘irligi 2,7-2,8. Optik xusuiyatlari: Ng=1,575- 1,590; Np=1,538-1,545; Ng-Np=0,030-0,050; 2v=0-30°. Ulanish tekisligi (001) bo‘yicha mukammal, varaqchalari egiluvchan, lekin qayishqoq emas. Qo‘lga yog‘langandek tuyuladi, issiqlikni va elektrni yomon o‘tkazadi, o‘tga chidamli. Tal’k uchun diagnostik belgi bo‘lib, uning kichik qattiqligi, qo‘lga yog‘langandek tuyulishi, ochiq rangi va mukammal ulanish tekisligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 9,25; 3,104; 1,525. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida oqarib, varaqlarga ajraladi va chekkalari qiyinchilik bilan eriboq emalga aylanadi. Kuchli qizdirganda qattiqligi 6 gacha ortib boradi. Tal’kni asosiy qismi metamorfik yo‘l bilan gidrotermal eritmalarni magniyga boy tog‘ jinslariga ta’sir etishi natijasida hosil bo‘ladi. Metasomatoz 274 hodisasi kontakt zonasida bo‘lib, bunda eritmada kelgan kremnezem ishtirok etadi. Bu jarayon asosan karbonatli jinslar uchun xarakterli bo‘lib, quyidagi reaksiya asosida davom etishi mumkin. 3Mg[CO 3 ]+4SiO 2 +H 2 O=Mg 3 (OH) 2 [Si 4 O 10 ]+3CO 2 Bunday jarayon bilan hosil bo‘lganda, tal’kni magnezit o‘rnida yuzaga kelgan psevdomorfozalari ko‘p uchraydi. Tal’kni o‘ta asos tog‘ jinsi bo‘lgan olivin hisobiga quyidagi reaksiya asosida hosil bo‘lish hollari ham ko‘p uchraydi: 3Mg 2 [SiO 4 ]+5SiO 2 +2H 2 O=2Mg 3 (OH) 2 [Si 4 O 10 ] Tal’k bilan bir assotsiatsiyada serpentin, xlorit, dolomit, aktinolit, turmalin, magnetit, temir yaltirog‘i uchraydi. Tal’kning konlari Uralda (29.1-rasm), Kanadada ma’lum. 29.1-rasm. Tal’k (Ural) Tal’k O‘zbekistonda juda qadimdan ma’lum bo‘lib eng ko‘p uchraydigan minerallardan biri hisoblanadi. U Chotqol-Qurama, Zirabuloq-Ziyovitdin, Nurota, Sulton-Uizdog‘ tog‘larida ko‘p kuzatilgan. Tal’k kislotaga va o‘tga chidamli materiallar ishlashda, elektr izolyator sifatida ishlatiladi. Toza xillari mashina moylari tayyorlashda, parfyumeriyada ishlatiladi. Qog‘oz va rezina sanoatida to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari bo‘yoqchilik sanoatida, to‘qimachilikda va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling