Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Proxlorit – (Mg,Fe)
4 ,5Al 1,5 (OH) 8 [Al 1,5 Si 2,5 O 10 ] Nomini birinchi qismi grekchadan olingan bo‘lib «pro» - avval degan ma’noni bildiradi (bu mineral boshqa xloritlarga nisbatan avvalroq o‘rganilgan). Kimyoviy tarkibi: SiO 2 – 23,52-27,56%; Al 2 O 3 – 17,52-23,19%; Fe 2 O 3 – 0-4,72%; FeO – 5,81-29,76%; MgO – 10,79-30,99%; H 2 O – 9,65-14,50%. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,2-5,3; b 0 =9,2-9,3; c 0 =28,3-28,6; β=96°50´; a 0 :b 0 :c 0 ≈0,570:1:3,096. Proxlorit tangasimon agregatlar hamda psevdogeksagonal qiyofadagi plastinkasimon kristallar hosil qiladi. Proxloritni rangi yashildan qoramtir yashilgacha. Ulanish tekisligi (001) bo‘yicha o‘ta mukammal. Qattiqligi 1,5-2. Solishtirma og‘irligi 2,78. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat; Nm=1,59-1,61; Ng-Np=0,004-0,010. Proxlorit xloritli slanetslarda va al’p tipidagi tomirlarda tog‘ xrustali va adulyar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Al’pdagi al’p tipidagi tomirlarda, Shimoliy Uralda va boshqa joylarda ko‘p uchraydi. Shamozit – (Fe 4 2+ , Fe 3+ Mg,Al) 6 [(Si 2,8-3,1 Al 1,2-0,9 ) 4 O 10 ](O,OH) 8 Shveysariyadagi Shamoson konidan topilgani uchun shunday nom berilgan. Kimyoviy tarkibi: FeO – 34,3-42,3%; Fe 2 O 3 – 0,6%; Al 2 O3 – 13-20%; SiO 2 – 22,8-29%; H 2 O – 10-13%. Tarkibi taxminiy berilgan. Aralashma sifatida MgO, CaO, TiO 2 bo‘ladi. Singoniyasi monoklin. 287 Shamozit konsentrik zonal tuzilgan oolitlar tarzida uchraydi. Ba’zan shamozit qumtoshlardassement vazifasini o‘taydi, hamda yaxlit yashirin kristallangan yoki tuproqsimon massalar holida uchraydi. Rangi yashilsimon qoramtir kulrangdan qoragacha. Chizig‘ini rangi yashilsimon kulrang. Yaltirashi xira yoki kuchsiz shishasimon. Qattiqligi 3. Solishtirma og‘irligi 3,03-3,40. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, manfiy; Nm=1,62- 1,66; Ng-Np=0,010-0,012. Shamozitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib, oolitsimon tuzilishi, rangi va yashilsimon-kulrang chizig‘ini rangi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 6,93; 4,63; 3,59. HCl da erib, SiO 2 elimshak moddasi ajralib chiqadi. Dahandam alangasida oksidlanish muhitida qizaradi, qaytarilish muhitida esa erib qora magnit shishasiga aylanadi. Shamozit cho‘kindi yo‘l bilan kislorod etishmaydigan sharoitlarda, dengizlarni qirg‘oq bo‘yi zonalarida hosil bo‘ladi. U bilan bir assotsiatsiyada temir sul’fidlari va siderit keladi. Shamozit uyumlari Uralning Sharqiy yon bag‘ridagi paleozoy va mezozoy davrining cho‘kindi yotqiziqlarida, Shimoliy Kavkazning yura yotqiziqlarida ma’lum. O‘zbekistonda Qurama tog‘laridagi rudali konlarda va shimoliy Orol bo‘yi cho‘kindi konlarida kuzatilgan. Nurash jarayonida osongina oksidlanadi va shamozit konlarini temir shlyapalarini tashkil qiluvchi qo‘ng‘ir temirtoshlarga aylanadi. Shamozit konlari katta qatlamlar holida topilganida temir rudasi sifatida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling