Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
29.4-rasm. Biotit bilan mikroklin (Yakutiya)
Yuqorida ko‘rsatilgan minerallardan eng ahamiyatlisi flogopit bo‘lib u o‘zini yuqori darajadagi elektro izolyasion xususiyati bilan radio va elektrotexnikada keng qo‘llaniladi. Xloritlar gruppasi Xloritlar gruppasi Xloritlar gruppasiga ko‘pgina minerallar kirib, ular o‘z xususiyatlari bilan slyudalar gruppasiga yaqin turadi. Nomi grekchadan olingan bo‘lib «xloros» - yashil degan ma’noni bildiradi (bu gruppani ko‘pgina minerallari yashil rangli bo‘ladi). Xloritlar gruppasi minerallarini umumiy formulasi X m (OH) 8 [U 4 O 10 ], bunda X – olti koordinatsiyali kationlar (Mg,Fe,Al va boshqalar), m – 4 dan 6 gacha, U - to‘rt koordinatsiyali alyuminiy yoki kremniy kationlari. V.P.Ivanova xloritlarni umumiy tarkibini taxminan quyidagicha ifodaladi: (Mg,Fe) 3- n (Al,Fe 3+ ) n (OH) 4 [Al n Si 2-n O 5 ] bunda n=0,3 dan 1 gacha. Asosiy elementlarni izomorfizmi quyidagicha (Mg 2+ →Fe 2+ →Mn 2+ →Al 3+ →Fe 3+ →Cr 3+ ) hamda 282 Si+Mg bilan Al 2 va Mg 3 bilan Al 2 o‘rin almashib ko‘pgina har xil tarkibli (30 dan ortiq) birikmalarni hosil qiladi. Hamma xloritlar monoklin singoniyada kristallanadi. Fazoviy gruppasi: xloritga o‘xshashlari a 0 =5,3; b 0 =9,3; c 0 =14,2; β=97°; kaolinga o‘xshashlari a 0 =5,2; b 0 =9,0; c 0 =14,5; β=100°. Xloritlarni V.P.Ivanova kimyoviy tarkibi, optik xususiyatlari, degidratatsiya darajasi, qizdirish egri chiziqlariga qarab uch qatorga bo‘lib klassifikatsiya qildi: 1) magnezial, 2) magnezial temirli, 3) temirli. Bu klassifikatsiya bo‘yicha magnezial qator ikkiga bo‘linadi: pennin-klinoxlorli – bu xillariga kemmererit, kochubeit, pennin, klinoxlor, klinoxlor-proxlorit kiradi; va pro xlorit-korundofillitli – bu xillariga proxlorit-klinoxlor, ripidolit, proxlorit, korundofillit kiradi. Magnezial xloritlarni tarkibi va asosiy xususiyatlari 29.3-jadvalda berilgan. Magnezial-temirli qatorga ripidolit va delessit kiradi. Temirli qatorga tyuringit, shamozit, afrosiderit kiradi. 29.3-jadval Xloritlarning tarkibi va xususiyatlari (V.P.Ivanova bo‘yicha) Xloritlar nomi Kimyoviy tarkibi (% hisobida) Optik xususiyatlari SiO 2 Al 2 O 3 Fe 2 O 3 FeO MgO H 2 O Nm Ng-Np Magnezial Pennin-klinoxlorli (kemmererit, kochubeit, pennin, klinoxlor, klinoxlor- proxlorit) 13,0– 34,1 1–19,5 2–4 0–3,5 33,5- 36,5 13,3- 14,1 1,570- 1,590 0,011 gacha proxlorit- korundofillitli (proxlorit-klinoxlor, ripidolit, proxlorit, korundofillit) 25-29 19-27 1,5-3,5 5-16 22,5- 30,5 11,7- 13,2 1,590- 1,620 0,011 gacha Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling