Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
 


275 
Pirofillit – Al
2
[Si
4
O
10
][OH]

Grekcha “piros” - o‘t, olov “fillon” – varaq demakdir. Daxandam alangasida 
yupqa varaq – varaq bo‘lib ajralib ketishiga qarab Shunday nom berilgan. Birinchi 
marta 1829 yil Uralda Berezovsk oltin konida R.German tomonidan topilgan. 
Kimyoviy tarkibi: Al – 14,98%; Si – 31,18%; O – 53,29%; H – 0,56%. Aralashma 
sifatida MgO, FeO, Fe
2
O
3
uchraydi.
Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L
2
PC. Fazoviy 
gruppasi: a
0
=5,14; b
0
=8,90; c
0
=18,55 β=99°55´; a
0
:b
0
:c
0
=0,578: 1:2,084.
Odatda yassi – shu’la kabi tuzilgan agregatlar yoki agal’matolit yoki pagodit 
deb aytiladigan yashirin tangachalardan iborat zich jins xolida tarqalgan. Grekcha 
“agal’ma” - xaykal, ”pagoda” – Budda sanami va ibodatxona demakdir. Bu 
toshdan skul’pturali mahsulotlar ishlanar edi.
Pirofillitning rangi oq, yashil ba’zan sarg‘ish va qo‘ng‘ir bo‘ladi. Yaltirashi 
shishasimon bo‘lib, ulanish tekisligi yuzalarda sadafsimon tovlanadi. Yupqa 
varaqchalari shaffof egiluvchan, lekin qayishqoq emas. Qattiqligi 1. Qo‘lga 
yog‘liqdek tuyuladi. Solishtirma og‘irligi 2,66-2,9. Ulanish tekisligi (001) bo‘yicha 
mukammal. Optik konstantalari Ng =1,600 Nm=1,588; Np=1,552; Ng-Np = 0,048 
2v=53-60°.
Pirofillit uchun diagnostik belgi sifatida juda ham kichik qattiqligi, och 
rangi, sadafdek yoki tovlanib yaltirashi xarakterlidir. Rentgenogrammadagi asosiy 
chiziqlari: 3,045; 1,489; 1,381. Kislotalarda erimaydi. Daxandam alangasida yupqa 
varaqchalarga ajralib qordek oppoq massaga aylanadi.
Pirofillit asosan gidrotermal eritmalarni glinozemga boy tog‘ jinslariga ta’sir 
etishidan yuzaga keladi. Bundan tashqari u, juda past temperaturali sharoitlarda 
tomirli konlarda, hamda endogen yo‘l bilan gilli tog‘ jinslarida va ko‘mir konlarida 
yuzaga keladi. Pirofillit bilan bir assotsiatsiyada kvars, andaluzit, disten, tal’k, 
kaolin uchraydi. Uni Uralda, Ukrainada, Amerikada konlari ma’lum.
Pirofillitni tal’k ishlatiladigan hamma sohalarda uning o‘rniga ishlatilishi 
mumkin. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling