Kristallografiya va mineralogiya
-rasm. Vollastonit (Pskem)
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
28.2-rasm. Vollastonit (Pskem)
271 Rodonit – Mn[SiO 3 ] Nomi grekcha “rodon” pushti so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimi: orlets – rus tilida. Kimyoviy tarkibi Mn – 41,95%; Si – 21,39%; O – 36,66%. Aralashma sifatida ko‘pincha CaO va FeO, ba’zan ishqorlar va Al 2 O 3 bo‘lishi mumkin. Singoniyasi triklin, simmetriya ko‘rinishi pinakoidal. Fazoviy panjarasi a 0 = 7,79; b 0 = 12,47; c 0 = 6,75; a 0 : b 0 : c 0 : = 0,625: 1: 0,541 α = 85°10; β = 94°04; γ = 111°29; Juda oz miqdorda uchraydigan kristallari tabletkasimon, izometrik, goxo prizmatik shakllarda bo‘ladi. Agregatlari yaxlit, zich yoki donador massa xolida topiladi. Rodonitning rangi pushti. yaltirashi shishasimon. Yuzalari sadafdek tovlanadi. Ulanish tekisligi (110) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 5 – 5,5. Solishtirma og‘irligi 3,4 – 3,75. Optik hususiyatlari: ikki o‘qli, manfiy. Ng=1,730; Nm= 1,726; Np=1,721; Ng – Np = 0,009. Rodonitning quyidagi xillari ma’lum 1.Temirli rodonit, tarkibida ancha miqdorda temir bo‘ladi (temir strukturadagi marganets o‘rnini egallaydi). 2.Fovlerit – tarkibida rux bo‘lgan rodonit. 3.Bustamit – tarkibida kal’siy bo‘lgan rodonit, bu xilini rodonitdan vollastonitga o‘tuvchi mineral deb hisoblasa bo‘ladi. Rodonit uchun xarakterli belgi bo‘lib, uni pushti rangi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,968; 2,938; 2,755. HCl da sekin-asta erib, kukunsimon SiO 2 hosil qiladi. Dahandam oksidlantiruvchi alangasida u qo‘ng‘ir tusga kiradi, keyin qorayadi (marganetsni oksidlanishidan). Qaytaruvchi alangada erib, qizil yoki qo‘ng‘ir shisha hosil qiladi. Rodonit metamorfik jarayonlarda yuzaga kelib, kristallangan slanetslarda va boshqa metamorfik jinslarda, ba’zan kvarsit va yashmalar bilan bog‘liq xolda uchraydi. Nurash jarayonida juda osonlik bilan oksidlanib, gardlar, po‘stloqlar, tomirchalar shaklida bo‘lgan qora rangli vernaditga (MnO 2 H 2 O) aylanadi. 272 Rodonitning konlari Uralda (Sverdlovsk atrofida), Ukrainada (Karpat), Shvetsiyada (Paysberg), Ispaniyada (Guel’va) ma’lum. Rodonitning yirik konlari O‘zbekistonda Qurama tog‘larining Oltintopkan ruda maydonida uchraydi. Oz miqdorda Qo‘rg‘oshinkonda, Chotqol tog‘larida va G‘arbiy O‘zbekistonda uchraydi. Faqat rodonitning o‘zidan tashkil topgan yaxlit massalaridan bezaktosh sifatida foydalanish mumkin. Rodonitning nurash mahsulotlaridan esa marganets rudasi sifatida foydalanish mumkin. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling