Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Vollastonit - Ca[SiO
3 ] Angliyalik ximik V.Vollaston (1766-1828) sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Sinonimi – taxta shpati. Kimyoviy tarkibi: Ca – 34,5%; Si – 24,2%; O – 41,3%. Ba’zan FeO, Na 2 O, MgO va Al 2 O 3 bo‘lishi mumkin. Singoniyasi triklin, simmetriya ko‘rinishi pinakoidal – S. Fazoviy gruppasi: a 0 =7,90; b 0 =7,28; c 0 =7,04; α=90°00´; β=95°16´; γ=103°25´; a 0 :b 0 :c 0 =1,085:1:0,967. Agregatlari radial nursimon, nayzasimon va varaqsimon bo‘ladi. Kristallari juda kam uchraydi va ular tabletkasimon qiyofaga ega. Vollastonit kristallarida ko‘pincha pinakoidlar ishtirok etadi. Vollastonitni qo‘shaloq kristallari ham ma’lum. Vollastonitni rangi oq. Yaltirashi shishasimon, ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek. Ko‘pincha shaffof. Ulanish tekisligi mukammal. Qattiqligi 4,5-5. Solishtirma og‘irligi 2,78-2,91. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, manfiy. Ng=1,631- 1,635; Nm=1,623-1,633; Np=1,616-1,621; Ng-Np=0,014-0,013. Vollastonitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib, rangi, radial-nursimon agregati, hamda kristallarini tabletkasimon qiyofasi xizmat qiladi. HCl da erib kremnezyom ajralib chiqadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 10,0; 4,4; 1,54. Dahandam alangasida qiyinchilik bilan eriydi. Vollastonit 1200°C dan past temperaturada barqaror. Vollastonitni 1200°C ga qizdirganda u ikkinchi polimorf modifikatsiyasi, psevdovollastonitga aylanadi. Psevdovollastonit 1200°C dan erish temperaturasigacha (1540°C) barqaror. 270 Vollastonit – tipik metamorfik mineral. Ko‘pincha u ohaktoshlarni intruziv jinslar bilan kontaktida, yirik uyumlar hosil qilgan holda yoki kal’siyli-magnezial silikatlar bilan skarnlar tarkibiga kirgan holda uchraydi. Vollastonit ohaktoshlar bilan intruziv jinslar kontaktida quyidagi reaksiya asosida hosil bo‘ladi: CaCO 3 +SiO 2 Ca[SiO 3 ]+CO 2 Past temperaturada kal’sit va kvars barqaror bo‘lib, Yuqori temperaturada vollastonit barqaror. Hosil bo‘lish davomida SO 2 ajralib chiqadi. Vollastonit bilan bir assotsiatsiyada kal’sit, diopsid, andradit, epidot, vezuvian, sfen uchraydi. Vollastonit konlari Meksikada (Santa-Fe koni), Uralda (Tur’insk), Ukrainada ma’lum. Vollastonit O‘zbekistonda ko‘p uchraydigan minerallar qatoriga kiradi. Bu mineral Chotqol-Qurama tog‘larida (28.2-rasm) va G‘arbiy O‘zbekistonda juda ko‘p uchraydi. Toza vollastonitdan iborat tog‘ jinslari oq rangli juda pishiq va birmuncha uzun tolali «tog‘ juni» tayyorlash maqsadida foydalaniladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling