Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

28.1-rasm. Tremolit (Tirol’, Kareliya) 
Tremolit temiri kam tog‘ jinslari uchun xarakterli mineral hisoblanadi.
Metamorfik ohakli tog‘ jinslarida metamorfizmni quyi bosqichlarida tremolit 
va marmar bo‘ladi, Yuqori temperaturada o‘zgarganlarida esa diopsid bo‘ladi. 


267 
Tremolit va aktinolit kristallangan slanetslarni asosiy jins tashkil qiluvchi 
minerallari bo‘lib, ularni konlari juda ko‘p.
O‘zbekistonda tremolit va aktinolitni Chotqol-Qurama tog‘lari va G‘arbiy 
O‘zbekiston konlari uchun ko‘p uchraydigan minerallar qatoriga kiradi.
Tremolit va aktinolitni asbestsimon xillari asbest sifatida ishlatiladi. Nefrit – 
chiroyli, bir xil rangga va katta solishtirma og‘irlikka egaligi uchun chiroyli tosh 
sifatida ishlatiladi.
Shox aldamchisi–NaCa
2
(Mg,Fe)
4
(Fe,Al)(OH,F)
2
[Al
2
Si
6
O
22
]
Kimyoviy tarkibi 28.1-jadvalda berilgan. Deyarli doimo aralashma sifatida 
TiO
2
bo‘ladi.
Shox aldamchilarini tarkibida temiri kam bo‘lgan xili – pargasit, natriy bilan 
to‘yingan temiri ko‘p xili – gastingsit deyiladi. Bundan tashqari oddiy shox 
aldamchisi (qoramtir-yashil) va bazal’tli (smolasimon qora) xillariga ajratiladi (Bu 
mineral mikroskop ostida qo‘ng‘ir rangli pleoxroizmga ega). Avgit o‘rnida 
psevdomorfoza hosil qilgan shox aldamchisini tolasimon xili uralit deyiladi.
Shox aldamchisi prizmatik, ustunsimon, ba’zan izometrik hamda qo‘shaloq 
kristallar tarzida uchraydi.
Shox aldamchilarini rangi och yashildan qoramtir yashilgacha va qora 
bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Boshqa fizik xususiyatlari 28.2-jadvalda berilgan. 
Mikroskop ostidagi rangiga qarab shox aldamchisi ikki xilga ajratiladi: yashil va 
aniq pleoxroizmli qo‘ng‘ir.
Shox aldamchisini aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallar qiyofasi va 
rangi hisoblanadi. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida qiyinchilik bilan 
erib qoramtir yashil shishaga aylanadi.
Shox aldamchisi magmatik va metamorfik jarayonlarda hosil bo‘ladi. 
Magmatik tog‘ jinslarda chuqurlikdagi intruziv jinslarda yuzaga kelib, piroksen 
bilan birgalikda uchraydi (asosan dioritlarda). Shox aldamchisi asosan kremniy 
kislotasi ko‘p bo‘lgan tog‘ jinslarda uchraydi, kremniy kislotasi kam bo‘lgan joyda 
esa piroksenlar uchraydi. Metamorfik jarayolarda shox aldamchisi amfibolitlar 
degan tog‘ jinslarini hosil qiladi. Buni hosil bo‘lish temperaturasi, aktinolit hosil 


268 
bo‘lish temperaturasidan Yuqori bo‘lib, piroksennikidan kam bo‘ladi. Metamorfik 
tog‘ jinslarida asosan yashil shox aldamchisi uchraydi. Shox aldamchisi konlari 
juda ko‘p. 
Shox aldamchisi O‘zbekistonda juda ko‘p uchraydigan minerallardan biri 
bo‘lib, juda ko‘p kuzatilgan va o‘rganilgan. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling