Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
 
 
 
 
 
 
27.1-rasm. Zumrat (Ural) 


259 
4. Geliodor – sariq rangli shaffof xili (tarkibida Fe
2
O
3
aralashmasi bo‘ladi).
Berillni yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi mukammal emas. Notekis, 
ko‘pincha chig‘anoqqa o‘xshash yuzalar hosil qilib sinadi. Qattiqligi 7,5-8. 
Solishtirma og‘irligi – 2,63-2,91. Optik xususiyatlari: bir o‘qli Nm=1,568-1,602; 
Np=1,564-1,595; Nm-Np=0,004-0,007.
Berillni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallar formasi va yuqori 
darajadagi qattiqligi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,238; 
2,874; 0,8066. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida erimaydi, faqat 
qirralarigina eriydi.
Hosil bo‘lishi jihatidan berill pnevmatolit va gidrotermal jarayonlarni 
mahsuloti hisoblanadi. Ko‘pincha u pegmatit tomirlarda (27.2-rasm), greyzenlarda 
hamda kristallangan slanetslarda uchraydi. Berill asosan nordon magmatik tog‘ 
jinslari (granit) va ularni pegmatitlari bilan bog‘liq. Berill bilan bir assotsiatsiyada 
kvars, dala shpatlari, topaz, turmalin, flyuorit uchraydi. Greyzenlarda kassiterit
vol’framit, molibdenit bilan birga uchraydi.
27.2-rasm. Berill pegmatitda 
Berill konlari Kolumbiyada (Muso shaxtasidan zumrad olinadi), Amerikada 
(Olbani koni bu erda og‘irligi 16 tonna atrofida, uzunligi 5 va diametri 1,5 metr 
atrofida bo‘lgan berillni gigant kristali topilgan), Afrikada (Transvall), Madagaskar 
orollarida ma’lum. 
 


260 
Diopsid – CaMg[Si
2
O
6
] va Gedenbergit – CaFe[Si
2
O
6
].
Diopsid va gedenbergit izomorf qatorni cheka a’zolari bo‘lib, qo‘shaloq 
tuzlar hisoblanadi. Diopsidni nomi grekcha «di» - ikki va «opsis» - ko‘rinish degan 
so‘zlardan kelib chiqqan. Gedenbergit – shvetsiyalik ximik L.Gedenberg sharafiga 
Shunday nom bilan atalgan. Diopsid – gedenbergit qatorida quyidagi xillari 
ajratiladi: 1) shefferit – tarkibida 8% marganets oksidi bo‘lgan diopsid; 2) salit – 
diopsid va gedenbergitni izomorf aralashmasi; 3) omfatsit – asosan kristallangan 
slanetslarda uchraydigan natriy oksidli o‘tdek yashil diopsid; 4) pidjonit – 
magnezial diopsid (diopsid va klinoenstatitni izomorf aralashmasi); 5) xromdiopsid 
– tarkibida 7% gacha xrom oksidi bo‘lgan diopsid; 6) lavrovit – tarkibida 2,5% 
gacha vanadiy oksidi bo‘lgan diopsid.
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,00; 2,523; 1,616. Diopsid va 
gedenbergit monoklin piroksenlar ichida eng ko‘p tarqalgani hisoblanadi. Ular 
magmatik jarayonlarda hosil bo‘lib, kvars va kaliyli dala shpatlari bilan bir 
assotsiatsiyada uchraydi. Metamorfik tog‘ jinslarda ham ko‘p uchraydi. Toza 
diopsidlar marmarlar va metasomatik jarayonlar uchun xarakterli bo‘lib, kal’siyli 
granatlar, vollastonit, vezuvian va boshqa kal’siyli minerallar bilan birgalikda 
uchraydi. Metamorfik jarayonlardagi diopsid Yuqori temperaturada hosil bo‘lib, 
past temperaturada hosil bo‘lgan gidrotermal diopsid ham ma’lum. Diopsidni 
yaxshi hosil bo‘lgan kristallari (27.3-rasm) Zabaykal’eda (Slyudyanka), Janubiy 
Uralda (Nazyamsk tog‘lari), Vezuviyda ma’lum. Gedenbergit ko‘pincha skarn 
konlarida uchraydi. 
Avgit – Ca(Mg,Fe,Al)[(Si,Al)
2
O
6
]
Nomi grekcha «avge» - yaltiroq so‘zidan kelib chiqqan (bu mineral 
kristallarini tomonlari ko‘pincha yaltirab turadi). Avgitni quyidagi xillari ma’lum: 
oddiy avgit – qoramtir yashil va yashilroq qora rangli; bazal’tli avgit – effuziv tog‘ 
jinslarida uchrab, tarkibida titan va marganets bo‘lib, qo‘ng‘ir-qora rangli bo‘ladi.
Avgit o‘ziga xarakterli prizma va pinakoid bilan tugaydigan qisqa 
ustunsimon kristallar hosil qiladi. Ba’zan kristallari tabletkasimon. Avgitni yaxlit 
donasimon massalari ham ma’lum ko‘pincha qo‘shaloq polisintetik kristallari ham 


261 
uchraydi. Polisintetik qo‘shaloq kristallaridan tashqari, oddiy qo‘shaloq kristallari 
ham uchraydi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,98; 2,522; 1,619. Avgit 
kremnezem etishmaydigan Yuqori temperaturali magmatik jarayonlarda hosil 
bo‘ladi. Asosan tomirli va intruziv tog‘ jinslarda, ba’zan ohaktoshlar kontaktida 
uchraydi. Avgit bilan bir assotsiatsiyada olivin, boshqa piroksenlar, leysit, nefelin 
uchraydi, lekin kvars birgalikda hech qachon uchramaydi.Postmagmatik eritmalar 
ta’sirida u, avgit bo‘yicha psevdomorfozalar hosil qiluvchi xlorit va shox 
aldamchisiga aylanadi. Bu psevdomorfozalar uralit deyilib, avgitdan shox 
aldamchisiga o‘tish jarayoni uralitizatsiya deyiladi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling