Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
26.7-rasm. Vezuvian (Yakutiya) 
Yerning yuza qismida vezuvian ancha mustahkam bo‘lib, ba’zi hollarda 
epidotga aylanishi mumkin.


252 
Vezuvianni yaxlit yashil xillari bezaktosh sifatida ishlatilishi mumkin. 
Sfen (Titanit) – CaTi[SiO
4
]O  
Mineral nomi grek so‘zi «sfen» - pona so‘zidan kelib chiqqan (sfen 
kristallari ponasimon formaga ega). Sinonimi – titanit. Kimyoviy tarkibi: Ca – 
20,44%; Ti – 24,43%; Si – 14,33%; O – 40,8%. Aralashma sifatida 12% gacha (Ce 
Y)
2
O
3
hamda FeO, MnO, MgO bo‘lishi mumkin. Singoniyasi monoklin, 
simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L
2
PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=6,56; b
0
=8,72; 
c
0
=7,44; β=119°43´; a
0
:b
0
:c
0
=0,752:1:0,858.
Sfenni yaxshi kristallar holida uchrashi bu mineral uchun xarakterlidir. 
Kristallari plastinkasimon va ponasimon bo‘lib, tomonlari orasidagi burchak 
o‘tmas, Shuning uchun sfen qirqimlari ponaga o‘xshash bo‘ladi. Bu minerallarni 
kristallaridagi asosiy formalar pinakoid va prizmalardan iborat. Sfen tog‘ jinslarida 
o‘sgan alohida kristallar tarzida va devorlarni bo‘shliqlarida druzalar holida 
uchraydi. Donasimon agregatlari nisbatan kam uchraydi. Qo‘shaloq kristallari ham 
uchraydi.
Sfenni rangi sariq, jigarrang, yashil, ba’zan qizil va kulrang. Yaltirashi 
olmossimon. Ulanish tekisligi mukammal emas. Qattiqligi 5-6. Solishtirma 
og‘irligi 3,3-3,6. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat; Ng=1,979-2,054; 
Nm=1,894-1,935; Np=1,888-1,918; Ng-Np=0,109; 2v=23°20´-49°30´.
Sfenni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallarini qiyofasi xizmat qiladi 
(ponasimon forma). Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,20; 2,98; 2,59. 
H
2
SO
4
da Sa sul’fati hosil qilib eriydi. HCl da qizdirilganda qisman eriydi. 
Dahandam alangasida chekkalari erib, qora shishaga aylanadi.
Hosil bo‘lishi jihatidan sfen magmatik va metamorfik mineral hisoblanadi. 
Gidrotermal jarayonlarda hosil bo‘lgan sfen ham ma’lum.
Magmatik jarayonlarda intruziv tog‘ jinslarda aksessor mineral sifatida 
uchraydi (26.8-rasm). Metamorfik jarayonlarda birlamchi titanli minerallarni 
ohaktoshlar bilan kontaktida o‘zgarishidan metamorfik sfen hosil bo‘ladi. Bu 
jarayonda sfen bilan bir assotsiatsiyada diopsid, amfibollar, il’menit, xlorit, apatit, 
granatlar, epidot uchraydi.


253 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling