Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
26.1-rasm. Disten (kianit)
Andaluzit nursimon va donasimon agregatlar hosil qiladi. Kristallari ustunsimon-prizmatik qiyofaga ega. Andaluzitni xillaridan xiastolit ma’lum. U gilli slanetslarda cho‘ziq oq kristallar tarzida, odatda bo‘shliqlarda uchraydi. 243 Sillimanit tomirsimon agregatlar holida uchraydi va uni andaluzitdan ajratish juda qiyin. Sillimanit kristallari juda kam uchrab, odatda u cho‘ziq bo‘ladi. Distenni rangi havorang, ko‘k, ba’zan yashil, sariq ayrim paytlarda rangsiz ham uchraydi. Andaluzit kulrang, sariq, qo‘ng‘ir, pushti va qizil ranglarda bo‘ladi, marganetsli xili qoramtir yashil. Sillimanit kulrang, och qo‘ng‘ir, och yashil. Yaltirashi shishasimon (hammasida), distenda ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek. Ulanish tekisligi mukammal. Disten gruppasi minerallarining qattiqligi, solishtirma og‘irligi, sindirish ko‘rsatkichilari 26.1-jadvalda keltirilgan. Disten kristallarida qattiqligi bo‘yicha anizotropiya kuzatiladi, ya’ni qattiqligi uch yo‘nalish bo‘yicha uch xil bo‘ladi Distenni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib havorang va ko‘k rangi, qattiqligidagi anizotropiya xizmat qiladi, andaluzit uchun deyarli to‘g‘ri burchakli prizmatik qiyofasi va qattiqligini yuqoriligi, hamda sillimanit uchun esa kristallarining ignasimon va tolasimon qiyofasi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,32; 3,17; 1,373 (disten); 4,53; 2,17; 1,46 (andaluzit uchun); 3,385; 2,537; 2,180 (sillimanit uchun). Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida erimaydi. 26.1-jadval Disten gruppasi minerallari xususiyatlari Mineral Qattiqligi Solishtirma og‘irligi Ng Nm Np Ng-Np Disten 4,5 – 7 3,5 – 3,7 1,728 1,721 1,713 0,015 Andaluzit 7 – 7,5 3,1 – 3,2 1,639 1,632 1,629 0,010 Sillimanit 6 – 7 3,23 1,677 1,658 1,657 0,20 Mullit - 3,03 1,654 1,644 1,642 0,012 Hosil bo‘lishi jihatidan disten gruppasi minerallari metamorfik jarayon mahsulotlari hisoblanadi, faqat sillimanit va andaluzit ba’zan intruziv tog‘ jinslarida ham uchraydi. Disten gruppasi minerallarini sanoatbop konlarini ikki 244 guruxga bo‘lish mumkin: a) kontakt-pnevmatolitli va b) metamorfik. Kontakt pnevmatolitli konlarda disten gruppasi minerallari bilan bir assotsiatsiyada kvars, korund, gematit, magnetit, slyudalar, ko‘pincha bularga topaz, turmalin, berill ham qo‘shiladi. Metamorfik konlar disten va sillimanit uchun xosdir. Bunday konlarda disten, sillimanit bilan bir assotsiatsiyada korund, granat, grafit, kvars va muskovit uchraydi. Metamorfik sharoitlarda disten gruppasi minerallari tarkibida kaolin va alyumosilikatlar bo‘lgan gilli yotqiziqlarni o‘zgarishidan hosil bo‘ladi. Bu jarayon Yuqori temperatura va katta bosim ostida quyidagi reaksiya asosida sodir bo‘ladi: Al 2 (OH) 4 [Si 2 O 5 ] → Al 2 O[SiO 4 ]+SiO 2 +2H 2 O kaolin Mineral assotsiatsiyalarini o‘rganish Shuni ko‘rsatdiki, disten gruppasi minerallarini hosil bo‘lishi uchun asosiy rolni bosim egallaydi. Mineral hosil bo‘lish jarayonlarida eng Yuqori bosimda disten, o‘rtachada – sillimanit va past bosimda andaluzit hosil bo‘ladi.Bu gruppa minerallarini yirik konlari Kaliforniyada (Uayt Maunten), Shimoliy Hindistonda (Xazi Xills, Lapsa-buru), Qozog‘istonda (Semiz-Bugu), Uralda (Borisovskoe), Zabaykal’eda ma’lum. O‘zbekistonda sillimanit va andaluzit Janubiy va G‘arbiy O‘zbekistonda keng tarqalgan minerallar qatoriga kirib, Chotqol-Qurama tog‘larida esa kam uchraydigan minerallar qatoriga kiradi. Disten O‘zbekistonda kam uchraydigan minerallar qatoriga kirib Hisor tog‘larini janubi-g‘arbiy qismida, Qurama tog‘larida va G‘arbiy O‘zbekistonda kuzatilgan. Yerning yuza qismida disten gruppasi minerallari muskovit va xloritoidlarga aylanadi. Nurash zonasida andaluzit tezroq o‘zgaradi, disten unga nisbatan ancha barqaror bo‘lib sochilma konlarda ham uchraydi. Disten gruppasi minerallarini amaliy ahamiyati ularni yuqori temperaturada qaytadan kristallanib mustahkam mullit mineralini hosil qilishi bilan bog‘liq. Bu minerallarni mullitga aylanish temperaturasi har xil. Disten mullitga 1100-1410°C da (hajmi 18% kengayadi), andaluzit 1410-1530°C da (hajmi 5,4% kengayadi), sillimanit 1550-1750°C da (hajmi 7,2% kengayadi) aylanadi. Bu minerallarni 245 qizdirishdan hosil bo‘lgan mullitga Yuqori temperaturada chidamlilik (erish temperaturasi 1825-1850°C), kimyoviy inertlik va mexanik mustahkamlik xosdir. Bu gruppa minerallari Yuqori sifatli o‘tga chidamli glinozemli xom-ashyo sifatida metallurgiyada, keramika sanoatida, hamda kremnealyuminiyli qotishma bo‘lgan – siluminni olishda ruda sifatida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling