Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Olivin – (Mg, Fe)
2 SiO 4 Uning ko‘kimtir sariq rangiga qarab bu mineralga Shunday nom berilgan. Sinonimlari xrizolit, peridot. Kimyoviy tarkibi: bu birikma izomorf aralashmalardan iborat bo‘lib, quyidagi minerallardan iborat: forsterit – Mg 2 SiO 4 ], olivin – (Mg,Fe) 2 [SiO 4 ], 239 gortonolit – (Fe,Mg) 2 [SiO 4 ], fayalit – Fe 2 [SiO 4 ]. Forsterit Forster sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Gortonolit Gorton sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Fayalit topilgan orol Fayal nomiga qo‘yilgan. Olivinni kimyoviy tarkibi: MgO – 50-45%; FeO – 5-20%; SiO2 – 36-43%; MnO – 0-2%. Aralashma sifatida NiO va CaO bo‘lishi mumkin. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi – rombo-dipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =4,752; b 0 =10,22; c 0 =5,980; a 0 :b 0 :c 0 =0,465:1:0,585. Olivin donador agregatlar hosil qiladi, kristallari juda kam uchraydi. Kristallari qisqa ustunsimon qiyofaga ega. Olivinni rangi qoramtir sariqdan yashilgacha. Yaltirashi shishasimon. Qattiqligi 6,5-7. Mo‘rt. Ulanish tekisligi mukammal emas. Solishtirma og‘irligi – 3,3-3,5 (Tarkibida FeO ko‘payishi bilan ortib boradi). Optik konstantalari: Ng=1,68; Nm=1,66; Np=1,64; Ng-Np=0,04; 2v=84°. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida rangsiz oq. Olivin gruppasi minerallari uchun diagnostik belgi bo‘lib rangi va shishasimon yaltirashi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,466; 1,744; 1,037 (olivin uchun), 2,497; 2,441; 1,741 (forsterit uchun); 3,707; 2,850; 1,755 (fayalit uchun). Forsterit va olivin HCl da deyarli erimaydi, konsentrlangan H 2 SO 4 da erib SiO 2 geli ajralib chiqadi. Dahandam alangasida forsterit va olivin erimaydi, bulardan farqli ravishda fayalit erib qora magnit shishasi hosil bo‘ladi. Olivin tipik magmatik mineral hisoblanadi. Asos va o‘ta asos tog‘ jinslarini kristallanishidan hosil bo‘ladi. Olivinni yirik uyumlari Ural tog‘ini sharqiy qismida ma’lum, u erda olivin bilan bir assotsiatsiyada xromit, piroksen, sof tug‘ma platina va boshqa minerallar uchraydi. Ba’zan olivin pnevmatolit jarayonlar kontaktida ham uchraydi. O‘zbekistonda olivin jins tashkil qiluvchi mineral sifatida asos va o‘ta asos tog‘ jinslarida Chotqol-Qurama tog‘larida, Qizilqumda, Janubiy Farg‘onada kuzatilgan. 240 Gidrotermal eritmalar ta’sirida olivin gruppasi minerallari serpentin – Mg 6 [Si 4 O 10 ][OH] 8 va tal’k – Mg 3 [Si 4 O 10 ][OH] 2 ga aylanadi. Yerni yuza qismida temir va marganets gidrooksidlari, markazitga aylanadi. Olivinni temiri kam xillari o‘tga chidamli forsterit g‘ishtlari tayyorlashda ishlatiladi. Xrizolit qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling