Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turmalin – NaMg 6 [B 3 Al 3 Si 6 O 25 (OH) 5
Dyumort’erit – (Al,Fe)
7 O 3 [BO 3 ][SiO 4 ] 3 Dyumort’e sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: Al – 33,02%; B – 1,89%; Si – 14,73%; O – 50,36%. Singoniyasi rombik. Ignasimon, tolasimon agregatlar, druzalar, o‘simtalar, donasimon va yaxlit massalar holida uchraydi, ba’zan mayda qo‘shaloq prizmatik kristallar tarzida ham uchraydi. Dyumort’eritni rangi ko‘k, kulrang-havorang, och pushti va qoramtir bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Qattiqligi 7. Solishtirma og‘irligi 3,3. Kislotalarda erimaydi. Optik xususiyatlari: Ng=1,690; Nm=1,686; Np=1,671; Ng-Np=0,019; 2v=38-40°. Rentgenogrammadagi chiziqlari: 5,859; 2,087; 1,334; 1,296. Nordon magmani oxirgi bosqichida kristallanishidan yuzaga keladi. Pegmatitlarda, gidrotermal tomirlarda, kontakt-metasomatik konlarda, ba’zan gneyslarda ham uchraydi. Dyumort’erit bilan bir assotsiatsiyada seritsit, turmalin, diaspor, korund, andaluzit uchraydi. Konlari Amerikani Arizona va Nevada shtatlarida topilgan. O‘zbekistonda Karjantovdagi alunit-diaspor (Oqtosh) konida, Shimoliy Farg‘onadagi Gava qishlog‘i yaqinida, Olmaliqda topilgan. Dyumort’eritni chiroyli xillari yo‘nilgan tosh sifatida ishlatiladi. Oddiy xillari Yuqori sifatli o‘tga chidamli material sifatida ishlatiladi. Turmalin – NaMg 6 [B 3 Al 3 Si 6 O 25 (OH) 5 ] Nomi singalezcha «turmali» degan so‘zdan kelib chiqqan. Bu mineral Shunday nom bilan qimmatbaho toshlar bilan birgalikdasseylondan Evropaga keltirilar edi. Tarkibi juda o‘zgaruvchan bo‘lganligi uchun taxminiy miqdorlarini keltiramiz: Na=2,39%; Mg=15,18% B=3,37%; Al=8,42%; Si=17,54%; O=49,95%; H=3,15%. Bulardan tashqari FeO+Fe 2 O 3 (38% gacha), CaO (4% gacha), K 2 O, 234 Li 2 O, MnO, Cr 2 O 3 hamda F va Cl ishtirok etishi mumkin. Kimyoviy tarkibi jihatdan turmalin ikki izomorf qatorga bo‘linadi: magnezial-temirli va litiy-temir- marganetsli. Magnezial-temirli turmalinlarga magnezial turmalin yoki dravit va temirli turmalin yoki sherlit kiradi. Ikkinchi izomorf qatorga temirli sherlitdan tashqari, litiyli turmalin-el’bait va marganetsli turmalin-tsilaizit kiradi. Turmalin quyidagi xillarga ajratiladi: 1) Sherl – qora, ko‘mirga o‘xshash temirli va temir- magnezial turmalinlar; 2) dravit - qo‘ng‘ir magnezial turmalinlar; 3)rubellit yoki malina rangli sherl - turmalinni pushti litiyli xili; 4) indigolit – turmalinni temir- magnezial-ishqorli ko‘k xili; 5) xrom turmalin – yashil xromga boy xili; 6) axroit – rangsiz ishqorli turmalin; 7) verdelit – yashil litiy-temirli turmalin. Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi – ditrigonal piramidal – L 3 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =15,8-16,0; c 0 =7,1-7,2; a 0 :c 0 =1:~0,449. Turmalin kristallari, odatda, uchinchi darajali simmetriya o‘qi bo‘yicha cho‘ziq, ustunsimon qiyofaga ega bo‘ladi. Kalta prizmatik kristallari kam uchraydi. Ko‘pincha kristallari yirik emas, mikroskopik mayda bo‘lib, ba’zan bo‘yi 20 sm va undan ortiq bo‘lgan ko‘ndalangiga bir necha santimetr keladigan yirik kristallari ham uchraydi. Kristall yonlarining turmalin uchun juda ham xarakterli bo‘lgan tik chiziqlar bilan qoplanganligini va ko‘ndalang kesimini sferik uchburchaklik shaklida bo‘lishini, deyarli, doimo ko‘rish mumkinki, bu esa prizmatik poyasining juda ko‘p qirralari murakkablanishi bilan bog‘liqdir. Agregatlari ko‘pincha nayzasimon, radial shu’la kabi joylashgan (turmalin quyoshi deb aytiladigan shaklda) (25.1, 25.2-rasm) chalkashib yotgan ignachalar yoki tolalar holida uchraydi. Yaxlit donador, ba’zan yashirin kristallangan massalar holida ham uchraydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling