Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Gidroboratsit – CaMg[B
6
O
11
]·6H
2
O
Mineralning nomi akademik G.I.Gess ni taklifiga binoan tarkibiga bog‘liq 
ravishda qo‘yilgan.
Kimyoviy tarkibi: Ca – 11,99%; Mg – 7,27%; B – 19,41%; O – 57,45%; H – 
3,88%. Juda oz miqdorda aralashma sifatida ishqorlar bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi monoklin – L
2
PC.
Gidroboratsit uchun agregatlarining nursimon-qavatlar, chalkashgan va 
parallel tolalar holida bo‘lishi xarakterlidir. Ba’zan juda chiroyli sferolit, yulduzga 
o‘xshash va druza holida topiladi. Gidroboratsit kristallari ignasimon va tolasimon 
qiyofaga ega.
Gidroboratsitning rangi rangsiz yoki oq ba’zan pushti, qizil va kulrang 
bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha mukammal. 
Qattiqligi 2. Solishtirma og‘irligi 2,167. Optik xususiyatalri: Ng=1,571; 
Nm=1,534; Np=1,522; Ng-Np=0,049; 2v=66°.
Gidroboratsit uchun diagnostik belgi bo‘lib kimyoviy va optik xususiyatlari 
hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,438; 2,210; 1,908. 
Kislotalarda eriydi. Suvda qizdirganda biroz eriydi. Dahandam alangasida oson 
erib, shaffof shishaga aylanadi. Tarkibidagi suv qizdirganda 200°C dan 325°C 
oralig‘ida chiqib ketadi.


231 
Hosil bo‘lishi jihatidan gidroboratsit dengizlarni kimyoviy cho‘kindisi 
hisoblanadi. Metasomatik jarayonlarda tuz qatlamlarini ustki qismini gips-gilli 
qatlamlar bilan egallanishi natijasida ham yuzaga keladi. Ular bilan bir 
assotsiatsiyada gips, angidrit, kolemanit, boronatrokal’sit, gillar va boshqa 
minerallar uchraydi. Yirik konlaridan Germaniyadagi Stassfurt va Kaliforniyadagi 
konlari ma’lum. O‘zbekistonda gidroboratsit Yuqori yura davrini tuzli 
yotqiziqlarida Tyubegatan konida topilgan.
Bor birikmalari olish uchun asosiy manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling