Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Topaz – Al
2
[SiO
4
][F,OH]
2
  
Nomi topilgan joyi Qizil dengizdagi «Topazos» oroli nomidan kelib 
chiqqan. Kimyoviy tarkibi: Al
2
O
3
– 62,0-48,2%; SiO
2
– 39,0-28,2%; F – 13-
20,4%; H
2
O – 2,45% gacha. Ko‘pincha tarkibida gaz suyuqlik aralashmalari 
bo‘ladi.
Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidal – 3L
2
3PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=4,651; b
0
=8,8040; c
0
=8,40; a
0
:b
0
:c
0
=0,528:1:0,955.
Topaz yaxshi kristallangan holda uchraydigan minerallar qatoriga qiradi. 
Odatda u alohida kristallar va kristall gruppalari hamda donasimon, yaxlit 
agregatlar tarzida uchraydi. Topazni yirik kristallari ham topilgan (og‘irligi 25-32 
kg keladigan kristallari ham ma’lum). Kristallarini tashqi ko‘rinishi prizmatik.
Topaz odatda shaffof, rangsiz yoki och havorang, sarg‘ish, qizg‘ish 
ranglarda bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi {001} pinakoid 
bo‘yicha mukammal. Sinishi chig‘anoqsimon. Qattiqligi 8. Solishtirma og‘irligi 
3,5 atrofida. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat: Ng=1,618-1,638; Nm=1,610-
1,631; Np=1,607-1,629; Ng-Np=0,009-0,011; 2V=65-48°.
Topazni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallarini tashqi qiyofasi
Yuqori darajadagi qattiqligi, hamda (001) yo‘nalish bo‘yicha ulanish tekisligini 
mukammalligi hisoblanadi. Rentgenogramma-dagi asosiy chiziqlari: 2,96; 1,403; 
1,384. Fosfor tuzida, SiO

skeletini ajratib parchalanadi. Dahandam alangasida 
erimaydi.
Sun’iy yo‘l bilan topazni HF, suv, SiO
2
∙Al
2
O
3
hamda glinozem silikatlari 
aralashmasini 500°C gacha qizdirish yo‘li bilan olish mumkin.
Topaz nordon intruziv jinslar bilan bog‘liq bo‘lgan, engil uchuvchan ftorli 
birikmalardan pnevmatolit jarayonlarida yuzaga keladi. Pnevmatolit va pegmatit 


241 
tomirlarda topaz bilan bir assotsiatsiyada kvars, dala shpatlari, slyudalar, kassiterit, 
turmalin, flyuorit, berill, vol’framit, sheelit uchraydi. Topaz greyzenlarni tipik 
minerali hisoblanib, granit tipidagi tog‘ jinslarini pnevmatolit-gidrotermal 
jarayonlar ta’sirida o‘zgarishidan hosil bo‘lgan mahsulotdir. Gidrotermal 
jarayonlarda hosil bo‘lgan topazlar ham ma’lum. Topazning konlari Braziliya 
(Minas-Jerays shtati), Zabaykal’eda (Adun-Chilon), Uralda (Alabinka, Murzinka, 
Il’men tog‘lari) ma’lum. Topazni yirik yaxshi qirralangan, og‘irligi 69 kg bo‘lgan 
kristalli Ukrainani Volin pegmatitlarida topilgan.
O‘zbekistonda topaz greyzenlarni xarakterli minerali sifatida Qurama 
tog‘larida (Olmabuloq, Kenkol, Gava), Chotqol tog‘larida vol’fram-greyzenli 
Sargardon konida, Markaziy Qizilqumdagi Oqtov tog‘ida topilgan. Kam 
uchraydigan aksessor mineral sifatida esa G‘arbiy O‘zbekiston va Chotqolni 
granitoidli massivlarida topilgan.
Yerni yuza qismida topaz juda barqaror bo‘lib sochilma konlarda ham 
uchraydi.
Topaznng shaffof chiroyli rangli xillari zargarlikda qimmatbaho tosh sifatida 
ishlatiladi. Pushti, havorang, qoramtir, sariq xillari nisbatan qimmatroq 
hisoblanadi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling