Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
27.4-rasm. Egirin dala shpati bilan 
Ba’zan pegmatit jarayonlarda hosil bo‘lgan diopsid – gedenbergit yonida 
izmorf aralashma hosil qiluvchi egirin ham uchraydi. Egirin va diopsid oralig‘idagi 
mineral fedorovit deyiladi. Ishqorli tog‘ jinslarda avgit va ishqorli piroksenlar 
tarkibini oralig‘ida bo‘lgan mineral ham uchraydi, bu mineralni egirin-avgit 
deyiladi. Mikroskop ostida egirin-avgitlarda qavatlarga bo‘linish kuzatilib, uning 
o‘rta qismi yoriqroq bo‘lib egirin-avgit, chekka qismlari qoramtir egirin 


263 
qavatlaridan iborat bo‘ladi. Egirin-avgitlar ishqorli tog‘ jinslari uchun xarakterli 
bo‘lib, ishqorlarga to‘yinmagan jinslarda egirin kam bo‘ladi. Egirinni 
rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,012; 2,916; 2,545.
Egirinni yirik kristallari Uralni Il’men tog‘laridagi pegmatitlarda, Ukrainada 
(Azov bo‘yida), Kol’sk yarim orolida dala shpatlari, nefelin va shox aldamchisi 
bilan bir assotsiatsiyada topilgan.
Spodumen – LiAl[Si
2
O
6
 
Nomi grekcha «spodios» - kulrang degan so‘zdan kelib chiqqan. Bunda 
mineralni rangi ko‘zda tutilgan. Kimyoviy tarkibi: Li- 3,7%; Al – 14,5%; Si – 
30,2% O – 51,6%. Aralashma sifatida Na
2
O, juda oz miqdorda CaO, MgO, ba’zan 
Cr
2
O
3
ishtirok etadi. Ba’zi xillarini tarkibida siyrak er elementlari, ba’zan geliy 
vasseziy ham bo‘ladi. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – 
L
2
PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=9,52; b
0
=8,32; c
0
=5,25; a
0
:b
0
:c
0
=1,145:1:0,631; 
β=110°28´. 
Agregatlari yaxlit, donador va tog‘ jinslarida hol-hol donalar shaklida 
uchraydi. Kristallari tabletkasimon va prizmatik qiyofada uchraydi (27.5-rasm).
Spodumenni rangi yashilroq yoki och pushti. Yaltirashi shishadek. Qattiqligi 6,5-7. 
Solishtirma og‘irligi 3,13-3,20. Ulanish tekisligi (110) bo‘yicha mukammal. Optik 
konstantalari: Ng=1,67-1,68; Nm=1,66; Np=1,65-1,66; Ng-Np=0,016; 2v=54°.
Mikroskopda optik belgilariga qarab, juda ishonchli aniqlash mumkin. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2.921; 2.790; 1.604. Spodumen dahandam 
alangasida vaqt-vaqti bilan alangani och qizil rangga bo‘yab (Li) qavarib-qavarib 
chiqadi. Erib shaffof shishaga aylanadi. HCl da erimaydi.
Granitli pegmatitlarda kvars, dala shpatlari, litiyli slyudalar, turmalin va 
boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyada topiladi. Yirik konlari Amerikada 
(Kiyston koni) ma’lum. Bu erda o‘zgargan spodumenning bo‘yi 16 m., eni 1 m. 
(og‘irligi 90 t. gacha) keladigan gigant kristallari uchraydi. Madagaskar orolida 
shaffof har xil rangli xillari topilgan pegmatit konlari ma’lum. O‘zbekistonda 
spodumen aksessor mineral sifatida magmatik tog‘ jinslarida va pegmatitlarda 
topilgan.


264 
Litiyli slyudalar bilan birga meditsinada, pirotexnikada, fotografiyada
shisha ishlashda, rentgenografiyada va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan litiyli 
preparatlar olinadigan manba bo‘lib xizmat qiladi. Spodumenning rangi chiroyli 
shaffof xillari qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Litiyli metall sifatida 
termoyadro reaksiyalarida qo‘llaniladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling