Kristallografiya va mineralogiya


Montmorillonit - (Al, Mg)


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Montmorillonit - (Al, Mg)
2
(OH)
2
 [Si
4
O
10
]·nH
2

Bu gruppa cheka a’zolari: montmorillonit (Al, Mg)
2
(OH)
2
[Si
4
O
10
]∙nH
2
O va 
beydellit (R
2
H
3
O)Al
2
(OH)
2
[AlSi
3
O
10
]∙nH
2
O, bunda R=K ba’zan Na bo‘lgan 
minerallar izomorf qatorini ko‘rib chiqamiz. Montimorillonit nomi topilgan joyiga 
(Fransiyadagi Montimorillon koni) qarab ko‘yilgan. Beydellitni nomi ham topilgan 
joyiga qarab qo‘yilgan (Amerikada Beydell koni).
Montmorillonit gruppasi minerallarini kimyoviy tarkibi barqaror bo‘lmay 
o‘zgaruvchan bo‘lib alyuminiy silikatlaridan boshlanib (montimorillonit), 
alyumosilikatlargacha bo‘ladi (beydellit). Asosiy tarkibiy qismi quyidagi miqdorlar 
oralig‘ida bo‘ladi (% hisobida): SiO
2
=35,95-53,95; MgO=0,23-25,89; Al
2
O
3
=0,14-
29,90; H
2
O=11,96-26,0; Fe
2
O
3
=0,03-29,0. Bundan tashqari FeO, Cr
2
O
3
, CaO, NiO, 
CuO, Na
2
O, K
2
O, ZnO va Li
2
O bo‘lishi mumkin. Montimorillonitli minerallar 
cho‘kindi jinslarda boshqa minerallar bilan (kaolinit, gidroslyudalar) qonuniy 
o‘simtalar hosil qilganligi, hamda kremnezem va temir gidrooksidlarini juda 
mayda (ko‘pincha kolloid) zarralari aralashganligi sababli, bu minerallarni 
kimyoviy analizlari doimo tarkibini to‘g‘ri ifodalayvermaydi.
Singoniyasi monoklin yoki rombik. Fazoviy gruppasi: a
0
=5,17; b
0
=8,094; 
c
0
=15,2 (c
0
- 400°C gacha qizdirganda 9,6 gacha kamayadi).
Montimorillonit tarkibidagi alyuminiy Fe
3+
, Cr
3+
, Ca
2+
, Mg
2+
, Zn
2+
, Cu
2+
va 
Li
2+
bilan o‘rin almashishi mumkin va buning natijasida montimorillonitni 
quyidagi xillari hosil bo‘ladi. 1. Nontronit – Fe
2
(OH)
2
[Si
4
O
10
]∙nH
2

(ferrimontimorillonit); 2. Kerolit – Mg
3
(OH)
2
[Si
4
O
10
]∙nH
2
O (saponit); 3. Sokonit – 
(Al,Zn)
2
(OH)
2
[Si
4
O
10
]∙nH
2
O (sinkmontimorillonit). Sokonitni yog‘li glina deb ham 
atashadi. Bu mineral rux rudasi sifatida ham o‘ziga jalb qiladi; 4. Medmontit – 
(Al,Cu)
2
(OH)
2
[Si
4
O
10
]∙nH
2

(kupromontimorillonit); 
5. 
Xrizokolla 
– 
Cu
3
(OH)
2
[Si
4
O
10
]∙nH
2
O; 6. Volkonskoit – (Mg,Ca,Cr,Al)
3
(OH)
2
[Si
4
O
10
]∙nH
2

(xrommontimorillonit); 7. Gektorit – (Mg, Li)
2
(OH)
2
[Si
4
O
10
]∙nH
2
O (litiyli 
montimorillonit). Bularni ichida eng ahamiyatlilari nontronit (Fransiyadagi 
nontrone degan joydan topilgan uchun Shunday nom berilgan) va xrizokolladir 
(nomi grekcha “xrizos” – oltin, “kollya” – kley so‘zlaridan kelib chiqqan).


294 
Montmorillonit odatda mayda dispers, yopiq kristallangan, zich va 
tuproqsimon agregatlar hosil qiladi.
Montmorillonitni rangi kulrang, qo‘ng‘ir, qizg‘ish tusli oq, yashil; xrizokolla 
– havorang, havorang yashil yoki ko‘k, hattoki qora ham bo‘lishi mumkin; 
nontronit – yashilroq sariq, yashil, qo‘ng‘ir yashil. Yaltirashi xira, shishasimon 
ham bo‘lishi mumkin. Zich xillarini sinishi chig‘anoqsimon. Qattiqligi: 
montimorillonit 1,5-2,5; xrizokolla – 2 atrofida (ba’zan 4 gacha); nontronit – 2-2,5. 
Solishtirma og‘irligi: montimorillonit – 2,2-2,9, xrizokolla 2-2,3, nontronit – 1,73-
1,87. Sindirish ko‘rsatkichi 1,48-1,66. Ikkilantirib sindirish ko‘rsatkichi 0,025-
0,040. Solishtirma og‘irligi, qattiqligi va optik xususiyatlari tarkibiga, kristallanish 
darajasiga va gidratatsiyaga qarab o‘zgaradi. Montimorillonit gruppasi minerallari 
suv ishtirokida shishib deyarli 3 martagacha kattalashadi. Bu minerallar Yuqori 
darajadi yutish xususiyatiga ega.
Montmorillonit gruppasi minerallarini aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib, 
namlikda kuchli shishisi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan yog‘langanligi hisoblanadi. 
Bu minerallarni rentgen, termik, optik va kimyoviy tekshirishlarsiz aniq bilib 
bo‘lmaydi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 15,3; 11,5; 4,42; 2,55 
(montimorillonit uchun); 16,6; 4,52; 1,519 (nontronit uchun); 3,35; 1810; 1,373 
(xrizokolla uchun). Kislotalarda qisman cho‘kindi hosil qilib parchalanadi. 
Dahandam alangasida o‘zgarmaydi: qizdirgandan so‘ng adsorbsion xususiyati 
yo‘qoladi. Montimorillonitni qizdirish egri chiziqlarida ikki yoki uch endotermik 
effekt kuzatiladi: 1) 120-200°C oralig‘ida kuchsiz bog‘langan suv ajraydi; 2) 600-
730°C da gidroksil suv ajraydi; 3) 780-800°C da suvsiz montimorillonitni hal 
qiluvchi parchalanishi sodir bo‘ladi. Montmorillonit gruppasi minerallari asosan 
ishqorli muhitda vulqon tuflarini parchalanishidan hosil bo‘ladi. Dengiz 
cho‘kindilarida, asosli, ishqorli va ba’zan nordon intruziv tog‘ jinslarini nurash 
mahsulotlarida uchraydi. Atrofdagi tog‘ jinslarni tarkibiga bog‘liq ravishda har xil 
xillari yuzaga kelishi mumkin. Masalan: serpentinitlarni nurashidan nikelli va 
magniyli montimorillonitlar, rux va mis konlarini oksidlanish zonasida rux, mis, 
temir montimorillonitlari hosil bo‘ladi.


295 
Montmorillonit gruppasini ko‘pgina minerallari cho‘kindi jinslarda keng 
taraqqiy qilgan bo‘lib, ba’zan gil konlarini hosil qilib, asosiy jins tashkil qiluvchi 
mineral hisoblanadi. Montimorillonitli gilli konlar juda ko‘p. Konlari Gruziyada
Kavkazda, Qrimda, Zakarpat’eda, Amerikada, Fransiyada, Germaniyada, 
Yaponiyada ma’lum.
Montmorillonit O‘zbekistonni mezo-kaynazoy davrini gilli yotqiziqlarida 
eng ko‘p tarqalgan minerallardan biridir. Shuning uchun bu mineral O‘zbekistonda 
juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, juda ko‘p o‘rganilgan.
Montmorillonitli gillarini sanoatdagi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati juda katta. 
O‘zining kimyoviy va fizik kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq ravishda, sanoatning 
200 dan ortiq sohasida ishlatiladi.
Bulardan asosiylari neft’, tekstil’, sovun pishirish, kosmetika, rezina, qog‘oz 
va keramika sohalaridir. Montmorillonitli gillar suvni va oziq-ovqat mahsulotlarini 
tozalashda ham ishlatiladi. Montimorillonitli gillarni Ni, Cu, Zn li xillari shu 
minerallari mingeral bilan birgalikda shu elementlarni rudalari sifatida ishlatiladi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling