Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Galluazit – Al
2 (OH) 4 [Si 2 O 5 ]·2H 2 O Nomi birinchi marta topgan O.Gallua sharafiga shunday nom bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: Al – 18,4%; Si – 19,1%; O – 59,8%; N – 2,7%. Aralashma sifatida Cr 2 O 3 ; NiO, CuO, ZnO, CaO, MgO, Fe 2 O 3 bo‘lishi mumkin. Fe 2 O 3 izomorf Al 2 O 3 bilan o‘rin almashsa ferrigalluazit – (Al,Fe) 2 (OH) 4 [Si 2 O 5 ]∙2H 2 O hosil bo‘ladi. Singoniyasi monoklin, diedrik o‘qsiz – R. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,15; b 0 =8,9; c 0 =7,2; β=100°12´. Yuzasi silliq xira gelsimon massa holida uchraydi. Galluazitni rangi oq bo‘lib, ko‘pincha sarg‘ish, qizg‘ish va havorang tuslarda bo‘ladi. Yaltirashi yangi singan joylarida mumdek, kovak-kovak va sochiluvchan xillari xira. Qattiqligi 1-2. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 2-2,6. Sindirish ko‘rsatkichi 1,507 dan 1,550 gacha (suv miqdorini kamayishi bilan ortib boradi). Agregatlarini ikkilantirib sindirish ko‘rsatkichi juda kichik, izotropga yaqin. Tashqi ko‘rinishi jihatidan boshqa minerallardan ajratish ancha qiyin, shu sababli aniq bilish uchun termik analiz va elektron mikroskopdan foydalaniladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 10,4; 4,41; 1,483. Kislotalarda qisman eriydi, asosan qizdirgandan so‘ng, dahandam alangasida erimaydi. Yopiq trubkada juda ko‘p suv ajralib chiqadi. Intruziv tog‘ jinslari hisobiga, sul’fid konlarining nurash zonasida ekzogen yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Gilli konlarda galluazit bilan bir assotsiatsiyada kaolin, alunit va montimorillonit uchraydi. Galluazit ohaktoshlar orasidagi karst bo‘shliqlarida ham, organik kislotalari ko‘p bo‘lgan nordon tuproqlarda ham topiladi. Galluazit konlari Bel’giyada (L’eja yaqinida), Qozog‘istonda, Ukrainada, Zakarpat’eda ma’lum. O‘zbekistonda galluazit Qurama tog‘larida juda ko‘p uchraydi. Kaolin bilan birgalikda keramika sanoatida ishlatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling