Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Serpentin – Mg
3
(OH)
4
[Si
2
O
5
 
Mineralning nomi lotincha «serpens» - ilon so‘zidan kelib chiqqan (mineral 
tashqi ko‘rinishi jihatidan ilon terisiga o‘xshash bo‘ladi). Sinonimlari – zmeevik 
(mineralni ruscha nomi), ofit (mineralni grekcha nomi).
Kimyoviy tarkibi: Mg – 26,2%; Si – 20,3%; O – 52%; N – 1,5%. Aralashma 
sifatida ko‘pincha FeO, Fe
2
O
3
hamda NiO, Cr
2
O
3
bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi monoklin. Bu mineral to‘g‘ri tuzilgan kristallar tarzida hech 
uchramaydi. Uning aniq kristallangan xili, faqat antigorit bo‘lib, u ehtimol 
monoklin singoniyaga mansubdir.
Serpentin chalkash tolasimon agregatlar hosil qiladi. Bunday xili xrizotil 
(grekcha «xrizos» - oltin, «tilos» - tola) deyiladi, agarda tolalari parallel tuzilgan 
bo‘lsa xrizotil – asbest deyiladi. Tolalarini uzunligi 0,1 mm. dan 50 mm. gacha, 


289 
juda kam hollarda 160 mm. gacha etadi. Ba’zan bu mineral xloritga o‘xshash 
varaqsimon agregatlar holida uchraydi. Bunday xili antigorit deyiladi (Italiyadagi 
Antigoriya vodiysini nomiga qo‘yilgan). Antigoritni nikelli xili nepunt deyiladi. 
Nepuntni amorf xili revdinskit deyiladi. Hisoblashlaricha xrizotil avval amorf yoki 
yopiq kristallangan holda bo‘lib, so‘ngra kristall holga o‘tgan.
Serpentinni rangi har xil tusdagi qoramtir yashil va butilkasimon yashil; 
antigorit kulrang, ko‘pincha ko‘k tusli; xrizotil –asbest oltindek tovlanadigan sariq-
yashil, tolalari qordek oq. Ulanish tekisligi faqat antigoritni yirik plastinkasimon 
xillarida (001) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 2,5-3,5. Solishtirma og‘irligi – 2,5-
2,7. Optik xususiyatlari: Ng=1,511-1,571; Nm=1,502-1,570; Np=1,490-1,560; Ng-
Np=0,011-0,021. Juda o‘tga chidamli. Issiqlikni, elektrni va tovushni yomon 
o‘tkazadi. Serpentinni (Ni,Mg)
3
(OH)
4
[Si
2
O
5
] tarkibli nikel’ bo‘lgan xili revdinskit 
deyiladi. Revdinskit o‘ta asos tog‘ jinslarini nurash jarayonida, yangi hosil bo‘lgan 
mineral sifatida uchraydi. Revdinskitni rangi och yashil, qattiqligi 2-2,5, 
solishtirma og‘irligi 2,5-4,2.
Serpentinni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib qoramtir yashil (oddiy 
serpentin uchun) va kulrang (antigorit uchun) rangi, xrizotil – asbest uchun 
xarakterli bo‘lgan parallel tolasimon tuzilishi va tolalarini elastikligi xizmat qiladi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 7,16; 3,588; 2,52 (antigorit uchun); 7,36; 
3,66; 1,522 (xrizotil uchun). HCl va H
2
SO
4
da eriydi. Dahandam alangasida 
erimaydi. Yopiq trubkada ko‘p suv ajralib chiqadi.
Serpentin metasomatik jarayonlarda o‘ta asos va karbonatli jinslar hisobiga 
yuzaga keladi. Serpentinni birlamchi minerallar o‘rnida yuzaga kelishi gidrotermal 
eritmalar ta’sirida bo‘ladi. Serpentin ba’zan sovuq suvli eritmalardan ham hosil 
bo‘lishi mumkin.
Serpentinni sanoatbop konlari o‘ta asos tog‘ jinslarda va dolomitli 
ohaktoshlarda ma’lum, o‘ta asos jinslarda serpentin tarkibida kremniy kislotasi 
bo‘lgan gidrotermal eritmalar ta’sirida olivin va piroksenni serpentinlanish 
jarayonida yuzaga keladi. Serpentinlanish jarayoni quyidagi reaksiya asosida 
davom etadi:


290 
3Mg
2
[SiO
4
]+4H
2
O+SiO
2
=2Mg
3
(OH)
4
[Si
2
O
5
]; 
2Mg
2
[SiO
4
]+2H
2
O+CO
2
=Mg
3
(OH)
4
[Si
2
O
5
]+Mg[CO
3
]. 
Serpentinni dolomitli ohaktoshlardagi konlari gidrotermal eritmalarni 
dolomitli ohaktoshlarga ta’mir etishi natijasida quyidagi reaksiya asosida yuzaga 
keladi:
3(CaCO
3
∙MgCO
3
)+2SiO
2
+2H
2
O=Mg
3
(OH)
4
[Si
2
O
5
]+3CaCO
3
+3CO
2

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling