Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
29.6-rasm. Serpentin. 
Serpentinni yirik konlari Uralda, Zabaykal’eda, Zakavkaz’eda, Ukrainada, 
Yangi Kaledoniyada ma’lum. Serpentinni yirik massivlari asosan G‘arbiy va 
qisman Janubiy O‘zbekistonda joylashgan. Chotqol-Qurama tog‘larida esa bunga 
nisbatan ancha kam miqdorda uchraydi.
Serpentinni yaxlit, chiroyli rangli xillari bezaktosh sifatida ishlatiladi (29.6-
rasm). Serpentinlashgan dunitlar o‘tga chidamli g‘ishtlar tayyorlashda ishlatiladi. 
Eng ko‘p ahamiyatga ega bo‘lgan xrizotil-asbest o‘tga va issiqlikka chidamli 
materiallar olishda ishlatiladi. 
Kaolinit – Al
2
O
3
·2SiO
2
·2H
2
 
Mineralning nomi xitoy tilidan olingan “kau - ling” – baland tog‘ degan 
ma’noni bildiradi.


291 
Kimyoviy tarkibi: Al – 20,9%; Si – 21,76%; O – 55,78%; H – 1,56%.
Singoniyasi monoklin. Simmetriya ko‘rinishi o‘qsiz, diedrik. Fazoviy 
gruppasi: a
0
-5,15; b
0
– 8,92; c
0
- 14,53; β= 100°12´.
Agregatlari sochiluvchan, tangachasimon yoki zich mayda donador, ba’zan 
oqiq (quyma) bo‘lib uchraydi .
Kaolinitning aloxida tangachasimon bo‘laklari rangsiz, yaxlit massalari esa 
oq rangli bo‘ladi. Tangachasimon va plastinkasimon xillari sadafsimon yaltiraydi, 
yaxlit massalari esa xira. Ulanish tekisligi (001) bo‘yicha o‘ta mukammal. 
Qattiqligi 1. Solishtirma og‘irligi 2,58-2,63.
Optik hususiyatlari: Ng = 1,56 – 1,57; Np=1,533 – 1,563; Nm= 1,565; Ng – 
Np= 0,005 2v=(-) 24-50°. Aniqlash asosiy belgi bo‘lib optik va termik 
hususiyatlari, hamda rentgenogrammadagi chiziqlari: 7,14; 3,57; 1,487 
hisoblanadi. H
2
SO
4
da qizdirganda osonlikcha eriydi. HCl va HNO
3
deyarli ta’sir 
etmaydi. Daxandam alangasida erimaydi. Sun’iy yo‘l bilan kaolinni SO
2
, NG‘ va 
boshqa birikmalarni ayrim alyumosilikatlarga ta’sir etish yo‘li bilan olish mumkin.
Kaolin asosan ekzogen yo‘l bilan turli alyumosilikatlarni nurash jarayonida yuzaga 
kelgan mahsulot sifatida uchraydi. Kaolinni hosil bo‘lishini quyidagicha ko‘rsatish 
mumkin:
2K[Al Si
3
O
8
] + 2H
2
O +CO
2
=Al
2
(OH)
4
[Si
2
O
5
] +4SiO
2
+ K
2
CO
3
Kaolin konlarda hosil bo‘lishiga qarab birlamchi va ikkilamchi konlarga 
bo‘linadi. Birlamchi konlar alyumosilikatli tog‘ jinslarini emirilishidan hosil 
bo‘lgan mahsulot hisoblanib, bular emirilgan tog‘ jinslarini o‘rnida hosil bo‘ladi va 
birlamchi kaolinlarni hosil qiladi. Bunday joylarda kaolin bilan bir assotsiyasiyada 
kvars va temir oksidlari uchraydi. Birlamchi kaolinlarni yuvilishi natijasida, 
kaolinlarni mayda zarrachalari suv bilan olib ketiladi va rel’efi past bo‘lgan 
joylarga to‘planadi. Bunday yo‘l bilan kvars va temir oksidlaridan ozod bo‘lgan 
ikkilamchi kaolinlar yuzaga keladi.
Kaolin konlari Ukrainada, Uralda, Sharqiy Sibirda, Zakarpat’eda, Xitoyda, 
Chexoslavakiyada, Angliyada ma’lum.


292 
Kaolinning eng ko‘p va qadimiy ishlatiladigan joyi keramika sanoatidir. 
Bundan tashqari metallurgiyada shamot g‘ishti tayyorlashda, qog‘oz sanoatida, 
burg‘ulash ishlarida va sanoatning boshqa ko‘pgina soxalarida ishlatiladi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling