Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Leysit – K[AlSi
2
O
6
].  
Nomi grekcha «leykos» - ochiq rangli degan so‘zdan kelib chiqqan. 
Kimyoviy tarkibi: K – 17,9%; Al – 12,4%; Si – 25,7%; O – 44%. Aralashma 
sifatida Na
2
O, CaO, H
2
O bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi tetragonal (620°C dan yuqoriroq temperaturada qizdirilganda 
leysit kubik modifikatsiyasiga aylanadi). Fazoviy gruppasi: a
0
=13,04; c
0
=13,85; 
a
0
:c
0
=1:1,062.
Leysit tetragon-trioktaedrik qiyofada yaxshi hosil bo‘lgan kristallar tarzida 
uchraydi. Polisintetik qo‘shaloq kristallari ham ko‘p uchraydi. Leysit 620°C dan 
Yuqori temperaturaga qizdirilganda qo‘shaloq tuzilishi yo‘qolib izotrop modda 
bo‘lib qoladi. Bu temperaturadan past temperaturaga sovitilsa qo‘shaloqligi yana 
paydo bo‘lib, anizotroplik xususiyati qaytadi.
Leysitni rangi kulrang oq, kulrang ba’zan rangsiz. Yaltirashi shishasimon. 
Qattiqligi 5,5-6. Mo‘rt. Ulanish tekisligi yo‘q. Sinishi chig‘anoqsimon. Solishtirma 
og‘irligi 2,45-2,5. Optik musbat; Ng=1,509; Np=1,508; Ng-Np=0,001.
Leysitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallar qiyofasi va ochiq rangi 
xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,432; 3,252; 1,659. HCl da 
kukunsimon kremnezem ajralib eriydi. Dahandam alangasida erimaydi.
Leysit tipik magmatik mineral bo‘lib, deyarli doimo lavalarni qotishidan 
hosil bo‘lgan ishqorli tog‘ jinslarida uchraydi. Ishqorli tog‘ jinslarda leysit bilan bir 
assotsiatsiyada kaliy-natriyli dala shpatlari, piroksen va magnetit uchraydi. U 
birlamchi kvars bilan hech qachon birgalikda uchramaydi, chunki nefelinga 
o‘xshash kremnezem ta’sir etganda ortoklazga aylanadi.


307 
K[AlSi
2
O6]+SiO
2
=k[AlSi
3
O
8

Leysitni yaxshi hosil bo‘lgan kristallari Italiyada (Alban tog‘lari va Vezuviy 
lavalari), Ural bo‘yida, Zakavkaz’eda, Aldanda topilgan.
Yerni yuza qismida leysit barqaror bo‘lmay ancha tez parchalanadi. Leysitni 
parchalanishidan oxirgi mahsulot sifatida gilli minerallar hosil bo‘ladi. Oraliq 
mahsulot sifatida ayrim paytlarda muskovit, ortoklaz, anal’sim hosil bo‘ladi.
Leysitdan kaliy va alyuminiy birikmalari olishda foydalaniladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling