Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
 


300 
 
 
 
 
 
 
 
 
30.2 –rasm. Albit morion bilan birgalikda (Ural) 
Plagioklazlarni quyidagi xillari ma’lum:
1) oy toshi – nordon plagioklaz (ko‘pincha kaliy-natriyli dala shpati (bu 
xilini ko‘kimtir oq va yashil oq tusda bo‘lishi yoriq oyni eslatadi));
2) quyosh toshi (ba’zan avantyurin deyiladi) – tarkibida temir yaltirog‘ining 
juda mayda zarralari bo‘lganligi uchun tilladek chaqnab tovlanib turadigan nordon 
plagioklaz (kaliy-natriyli dala shpati). Plagioklazlarni aniq bilish uchun mikroskop 
va rentgen analizlardan foydalaniladi (30.4-jadval). Plagioklazlarga kislota har xil 
ta’sir qiladi. Kislotalarda erishi al’bitdan (kislotada deyarli erimaydi) anortitga 
qarab ortib boradi (anortit oson eriydi). Dahandam alangasida qiyinchilik bilan erib 
shishaga aylanadi.
30.4.jadval 
Plagioklazlarni rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari

Mineral 
Asosiy chiziqlari 
Al’bit 
3,21 
4,11 
2,955 
Oligoklaz 
3,18 
4,07 
3,67 
Labrador 
3,22 
2,534 
1,824 
Anortit 
3,20 
2,509 
2,135 


301 
Plagioklazlar endogen jarayonlarda hosil bo‘ladi. Ko‘pgina magmatik tog‘ 
jinslarda plagioklazlar asosiy jins tashkil qiluvchi mineral hisoblanadi. Tog‘ 
jinslarini kimyoviy tarkibi plagioklazlarni tarkibiy qismini belgilaydi. Asos tog‘ 
jinslarida asosli plagioklazlar, nordonlarida esa – nordon plagioklazlar uchraydi. 
Pegmatit jarayonlardagi plagioklazlar nomeri 30 dan oshmaydi. Metamorfizm 
jarayonida plagioklazlarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bularni asosiylaridan biri 
al’bitlanishdir. Bu o‘zgarish bilan seritsitlanish va epidotlanish bog‘liqdir.
Al’bitlanish jarayonida asosiy plagioklazlar nordon tarafga qarab o‘zgaradi. 
Gidrotermal eritmalar ta’sirida plagioklazlar parchalanadi, anortit osonlikcha 
silikatlarga (epidot, seritsit,ssoizit) aylanadi, al’bit esa barqaror bo‘lib o‘z joyida 
qoladi yoki eritmalar orqali tog‘ jinslariga o‘tib, al’bitlanish jarayoni yuzaga 
keladi. 
Umumiy holda bu jarayonni quyidagicha ifodalash mumkin:
6Na[AlSi
3
O
8
]∙4Ca[Al
2
Si
2
O
8
]+K
2
SiO
3
∙H
2
O+2H
2
O+2CO
2
+O= 
6Na[AlSi
3
O
8
] + 2KAl
2
(OH)
2
[AlSi
3
O
10
]+Ca
2
Al
3
(OH)O[Si
2
O
7
][SiO
4
]+2Ca[CO
3

al’bit seritsit
Plagioklaz konlari juda ko‘p. Labradorni yirik koni Ukrainada (Jitomir 
oblasti), oyli tosh koni O‘rta Uralda (Shaytanka va Lipovkani pegmatit 
tomirlarida), quyoshli tosh Janubiy Uralda (Il’men tog‘lari) ma’lum. Plagioklazlar 
O‘zbekistonda juda ko‘p uchraydigan jins tashkil qiluvchi minerallardan 
hisoblansa ham juda to‘liq darajada o‘rganilmagan.
Yerni yuza qismida plagioklazlar barqaror bo‘lmay nurash jarayoni ta’sirida 
parchalanadi. Buning natijasida ulardan ishqorlar va ishqoriy er metallar butunlay 
chiqib ketadi. Ayrim hollarda plagioklazlar hisobiga kaolin uyumlari hosil bo‘ladi.
Labradorlar bezaktosh sifatida ishlatiladi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling