Kristallografiya va mineralogiya
Kaliy natriyli dala shpatlari
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Kaliy natriyli dala shpatlari tarkibi jihatidan K[AlSi
3 O 8 ] va Na[AlSi 3 O 8 ] ni izomorf aralashmasi hisoblanadi. Plagioklazlardan farqli ravishda kaliy-natriyli dala shpatlarini komponentlari chegaralangan bo‘lib, ular uzluksiz qator hosil qilmaydi. Kaliy natriyli dala shpatlari bir xil mineral sifatida, faqat 900°C dan 302 Yuqori temperaturada barqaror hisoblanadi, bundan past temperaturada esa u K[AlSi3O8] (ortoklaz yoki mikroklin) va Na[AlSi 3 O 8 ] (al’bit)ga parchalanadi. Bu parchalanish natijasida, dala shgpatlari gruppasida taraqqiy qilgan pertit deb ataladigan ortoklaz bilan al’bit qonuniy o‘sishmalari hosil bo‘ladi. Al’bitni kaliyli dala shpatlari bilan o‘sishmasi antipertit deyiladi. Kaliy natriyli dala shpatlari ikki qatorga bo‘linadi: monoklin va triklin. Birinchi qatorga sanidin, ortoklaz kiradi. Bu ikki mineral tarkibi jihatidan kaliyli dala shpati hisoblanadi. Triklin qatorga mikroklin va anortoklaz kiradi. Triklin kaliyli-natriyli dala shpatlarini tarkibi (K,Na)[AlSi 3 O 8 ] formulasi bilan ifodalanadi, lekin ayrim hollarda Na[AlSi 3 O 8 ] molekulasini miqdori 50% dan ortiq bo‘lganda formulani (K,Na)[AlSi 3 O 8 ] tarzida yoziladi. Nomi: ortoklaz grek so‘zlari «ortos» - to‘g‘ri, «klyasis» - yopishish (ulanish tekisligi yo‘nalishlari orasida burchak 90°); mikrolin grek so‘zlari «mikros» - kichik va «klino» - qiyshiq (ulanish tekisligi yo‘nalishlari orasida bo‘rchak to‘g‘ri burchakdan faqatgina 20´ farq qiladi); anortoklaz grekcha «an» - yo‘q (ortoklaz yo‘q) degan ma’noni bildiradi. Kaliy natriyli dala shpatlarini kimyoviy tarkibi 30.5-jadvalda berilgan 30.5-jadval Kaliy natriyli dala shpatlarini kimyoviy tarkibi, % hisobida Mineral SiO 2 Al 2 O 3 Na 2 O K 2 O Aralashmalar Sanilin 64,7-65,7 18,4-18,7 0,0-2,9 12,7-16,9 Va (5% gacha); FeO; Fe 2 O 3 Ortoklaz Mikrolin Anortoklaz 65,7-67,7 18,7-19,2 2,9-8,9 4,2-12,7 CaO (bir necha %) Sanidin va ortoklazni singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Kaliy natriyli dala shpatlari donasimon va yirik kristallangan agregatlar (mikroklinni ulanish tekisligi bo‘yicha o‘lchanadigan individlarini o‘lchami bir necha o‘n santimetr, hattoki metr ham bo‘lishi mumkin), hamda magmatik tog‘ 303 jinslarida hol-hol donalar shaklida uchraydi (sanidin). Ko‘pincha ular prizmatik va tabletkasimon qiyofada alohida kristallar va druzalar hosil qiladi. Kristallarini asosiy formalari sifatida prizmalar va pinakoidlar uchraydi. Ko‘pincha oddiy va polisintetik qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Kaliy natriyli dala shpatlari odatda har xil mexanik aralashmalar hisobiga och tusli ranglarda bo‘ladi. Ulanish tekisligi (001) va (010) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 6-6,5. Solishtirma og‘irligi 2,55-2,58. Optik xususiyatlari 30.6-jadval. 30.6-jadval Kaliy natriyli dalash shpatlarini optik xususiyatlari Mineral Ng Nm Np Ng-Np 2v Sanidin 1,527 1,527 1,521 0,006 0-30° Ortoklaz 1,526 1,524 1,519 0,007 60° Mikrolin 1,529 1,526 1,522 0,007 83° Anortoklaz 1,581 1,529 1,523 0,007 48° Xillari: ortoklazni gidrotermal suvdek shaffof xili adulyar deyiladi. Uni kristallari alohida o‘ziga xos qiyofaga ega. Mikroklinni havorang yashil rangli xili amazonit yoki amazon toshi deyiladi (30.3-rasm). Amazonit rangini bunday bo‘lishi tarkibidagi kaliy ionini qisman rubidiy ioni bilan izomorf almashganligi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Dala shpatlarini xatosiz aniqlash uchun mikroskopik va rentgenometrik analizlardan foydalanish zarur. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 4,02; 3,80; 3,183 (ortoklaz uchun); 3,22; 2,16; 1,80 (mikroklin uchun). Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida erimaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling