Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Nefelin – Na[AlSiO
4
].  
Nomi grekcha «nefeli» - bulut so‘zidan olingan. Kuchli kislotalarda 
parchalanganda bulutsimon kremnezem hosil qiladi.
Kimyoviy tarkibi: Na – 16,2%; Al – 19,0%; Si – 19,8%; O – 45%. Tarkibida 
K
2
O – 5% bo‘lishi mumkin. SiO
2
miqdori nazariy hisoblangan miqdordan ko‘ra 
(3-10% ortiq bo‘ladi). Tarkibida yana CaO, MgO, Ga
2
O
3
, BeO, ba’zan Fe2O3, Cl, 
F, H2O bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi geksagonal, simmetriya ko‘rinishi – geksagonal piramidal – L
6

Fazoviy gruppasi: a
0
=10,01; c
0
=8,41; a
0
:c
0
=1:0,840.
Nefelin odatda donasimon va yaxlit agregatlar hosil qiladi. Kristallari kam 
uchraydi va kichik bo‘lib, prizmatik, qisqa ustunsimon qiyofaga ega. Qo‘shaloq 
kristallari ham uchraydi.
Nefelin rangsiz, lekin ko‘pincha kulrang oq yoki sarg‘ish, qo‘ng‘ir, qizg‘ish, 
yashilroq tusdagi kulrang bo‘lishi mumkin. Nefelinni yirik donador, shaffof 
bo‘lmagan, yog‘langandek yaltiraydigan yaxlit xili eleolit deyiladi. Yaltirashi 
shishasimon, 
singanda 
yog‘langandek. 
Ulanish tekisligi yo‘q. Sinishi 
chig‘anoqsimon yoki tekismas. Qattiqligi 5-6. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 2,6. 
Optik xususiyatlari: bir o‘qli, manfiy; Nm=1,532-1,547; Np=1,529-1,542; Nm-
Np=0,003-0,005.
Nefelinni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib rangi va yaltirashi xizmat qiladi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,001; 2,338; 1,553. Kislotalarda SiO
2
ni 
bulutsimon massasini hosil qilib eriydi. Dahandam alangasida alangani sariq 


308 
rangga kiritib eriydi. Laboratoriya sharoitlarida sun’iy yo‘l bilan nefelinni, nefelin 
tarkibli eritmani 900-1000°C atrofida uzoq qizdirish yo‘li bilan olish mumkin.
Nefelin magmatik jarayonlarda hosil bo‘lib, ko‘pgina ishqorli tog‘ jinslar 
tarkibiga kiradi. Dala shpatlari oddiy magmada qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, 
ishqorlarga boy, lekin SiO2 kam bo‘lgan magmada nefelin Shunchalik ahamiyatga 
ega. Ishqorli tog‘ jinslaridagi nefelin bilan bir assotsiatsiyada leysit, sodalit, 
nozean, kankrinit keladi. Birlamchi kvars bilan nefelin hech qachon birga 
uchramaydi. Nefelin konlari Uralda (Xibin rayoni, Il’men va Vishnevskiy tog‘lari), 
Ukrainada (Azov bo‘yi rayoni) ma’lum. Nefelin O‘zbekistonda Qizilkumdagi 
Kuljuktovda va Qurama tog‘laridagi Qo‘rg‘oshinkonda kuzatilgan.
Yerni yuza qismida nefelin barqaror bo‘lmay, nurash jarayonida o‘zgarib 
kaolin, karbonatlar, sul’fatlar va boshqa kislorodli birikmalarga aylanadi.
Nefelin alyuminiy rudasi olishda, soda olishda, shisha sanoatida ishlatiladi. 
Chinni olishda dala shpatlari o‘rniga ishlatilishi mumkin. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling