Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Sheelit – CaWO
4
Sheelitda vol’fram oksidi borligini aniqlagan shvetsiyalik ximik Kara Sheele 
nomiga qo‘yilgan.
Kimyoviy tarkibi: Ca – 13,92%; W – 63,85%; O – 22,23%. Aralashma 
sifatida MoO
3
(10% gacha), hamda CuO (7% gacha), ba’zan siyrak er elementlari 
uchraydi.
Singoniyasi tetragonal, simmetriya ko‘rinishi tetragonal-dipiramidal – L
4
PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=5,25; c
0
=11,40; a
0
:c
0
=1:2,171.
Sheelit xol-xol donador, druzalar va alohida kristallar tarzida uchraydi. 
Kristullari qiyofasi dipiramidal. Ayrim paytlarda tabletkasimon qiyofada ham 
uchrashi mumkin. Qo‘shaloq o‘sishgan kristallari ham uchraydi. Ba’zan vol’framit 
bilan sheelitni parallel o‘sishgan agregatlari ham uchraydi.
Sheelit rangi oq va sarg‘ish oq, ba’zan qo‘ng‘ir-yashil va hattoki qizil ham 
bo‘lishi mumkin. Chizig‘ini rangi oq. Yaltirashi yog‘langandek va olmosdek. 
Qattiqligi 4,5. Mo‘rt. Ulanish tekisligi (111) bo‘yicha mukammal. Solishtirma 
og‘irligi 5,8-6,2. Optik xususiyatlari bir o‘qli musbat: Ng=1,937; Nm=1,920; Ng-
Nm=0,017. Ul’trabinafsha nurlarida, o‘tkir havo rang nur sochadi.


222 
Sheelitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib solishtirma og‘irligini yuqoriligi va 
katod nurlari ta’sirida o‘tkir havo rang nur chiqarishi xizmat qiladi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,15; 1,952; 1,590. HCl va HNO
3
da 
ammiakda eruvchi vol’fram suvli oksidini sariq kukunini hosil qilib eriydi. 
Dahandam alangasida qiyinchilik bilan yarim shaffof shishaga aylanib eriydi.
Sheelitni sanoatbop konlari pnevmatolit va gidrotermal jarayonlarda yuzaga 
keladi. Pnevmatolit konlarda sheelit kontakt-metasomatik jarayonlar bilan bog‘liq 
bo‘lib, skarnli minerallarni tarkibiy qismi hisoblanadi (23.1-rasm). Sheelit bu 
konlarda granitlar bilan karbonatli jinslar kontaktida yuzaga keladi. Bu tipdagi 
konlarda sheelit bilan bir assotsiatsiyada xal’kopirit, pirit, arsenopirit, pirrotin 
ba’zan molibdenit uchraydi. Gidrotermal konlarda kvarsli tomirlarda sheelit bilan 
bir assotsiatsiyada arsenopirit, pirit, karbonatlar, oltin, galenit uchraydi. Sheelitni 
yirik 
konlari 
Koreyada 
(Sangdong), Amerikani G‘arbiy SHtatlarida
Chexoslovakiyada (Sinovets), Angliyada (Kornuella) ma’lum. Shveysariyada 
(Bernsk Oberland) 932 grammlik kristali topilgan. HamdO‘stlik davlatlaridan 
sheelit Kuznetsk, Alatau va Uralda ma’lum.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling