Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Nazorat savollari: 
1. Barit va sselestinning asosiy xossalari. 
2. Gips va angidridni ta’riflang. 
3. Mirabilit va tenarditning hosil bo‘lishi. 
4. Alunitdan nima olinadi? 
 
23. Molibdatlar va vol’framatlar 
Vol’framit – (Mn, Fe) WO

Mineralning nomi nemischa vol’f - bo‘ri va ram - ko‘pik (vol’fram 
aralashgan qalay rudalarini eritganda erigan qalay ustida ko‘pik yuzaga keladi) 
so‘zlaridan olingan. Vol’fram element sifatida keyinroq kashf qilingan bo‘lib, 
uning nomi shu mineral nomidan olingan.


220 
Mineralni kimyoviy tarkibi ferberit – Fe [WO
4
] bilan gyubneritni Mn[WO
4

izomorf aralashmasidan iborat. Ferberit – Fe – 18,39%; W – 60,54%; O – 21,07%; 
Gyubnerit – Mn – 18,14%; W – 60,72%; O-21,14%. Aralashma sifatida Mg ba’zan 
CaO, Ta
2
O
5
, Nb
2
O
5
, SnO
2
bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L
2
PC. Fazoviy 
gruppasi: a
0
=4,78; b
0
=5,73; c
0
=4,98; a
0
:b
0
:c
0
=0,834:1:0,869 β=90°26´.
Vol’framit yirik donador agregatlar hosil qilib, yaxlit uyumlar holida hamda 
qalin tabletkasimon va prizmatik kristallar tarzida uchraydi. (100) bo‘yicha 
o‘sishgan qo‘shaloq kristallari uchraydi.
Vol’framitni rangi jigarrang-qora, marganets xillari esa qizg‘ish-
jigarranggacha. Muhim diagnostik belgi bo‘lib chizig‘ini rangi hisoblanadi, u 
qizg‘ish qo‘ng‘irdan (ferberit) och sariqqacha (gyubenrit) bo‘ladi. Yaltirashi 
ulanish tekisligi yuzalarida olmosdek. Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha mukammal. 
Qattiqligi 4,5-5,5. solishtirma og‘irligi 6,7-7,5. Fe miqdori ortishi bilan solishtirma 
og‘irligi ortib boradi. Optik xusuiyatlari: ikki o‘qli musbat. Ng=2,32; Nm=2,22; 
Np=2,17; 2V=75°. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi 14-17% qaytarish va sindirish 
ko‘rsatkichi tarkibidagi temirga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Temirga boy xillari 
kuchsiz magnitlik xususiyatiga ega.
Vol’framitni ajratishda diagnostik belgi bo‘lib uning rangi, chizig‘ini rangi, 
Yuqori darajadagi solishtirma og‘irligi va ulanish tekisligini mukammalligi xizmat 
qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,917; 2,46; 2,18. Qaynoq 
konsentrlangan H
2
SO
4
va HCl da eriydi. Dahandam alangasida erib magnit 
sharchalari hosil qiladi.
Vol’framitni asosiy manbai bo‘lib gidrotermal konlar xizmat qiladi. Bular 
asosan granitoid magmali tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan kvarsli tomirlardir. Bu 
tomirlarda vol’framit pirit, pirrotin, sfalerit, galenit bilan birgalikda uchraydi. 
Bunday konlar Xitoyda (Yun’nan’ provinsiyasi va Kvantun yarim oroli) ma’lum. 
Bundan tashqari vol’framitni pnevmatolit va sochilma konlari ham ma’lum. 
Pnevmatolit konlarda vol’framit greyzenlangan zonalarda flyuorit, slyudalar, berill, 
topaz, kvars, arsenopirit, pirit, pirrotin, molibdenit, kassiterit bilan bir 


221 
assotsiatsiyada uchraydi. Vol’framitni sochilma konlari Xindixitoyda ma’lum. Bu 
erda u kassiterit bilan birga uchraydi.
Vol’framit O‘zbekistonda Chotqol, Qurama tog‘larida va G‘arbiy 
O‘zbekistonda ancha ko‘p uchraydigan minerallardan biridir.
Vol’framit nurash jarayonida ancha barqaror bo‘lib qiyinchilik bilan 
o‘zgarib, temir, marganets gidrooksidlari va ferritungstitga aylanadi.
Vol’framit muhim vol’fram rudasi hisoblanadi. U metallurgiyada po‘latni 
maxsus navlarini tayyorlashda, vol’framni xrom, kobal’t va boshqa metallar bilan 
maxsus qotishmalarini tayyorlashda ishlatiladi. Bundan tashqari elektrotexnikada 
vol’framdan elektr lampalardagi simlar, rentgen trubkalaridagi antikatodlar va 
boshqalar tayyorlanadi. Vol’fram birikmalari ximiya sanoatida, keramikada shisha 
va chinnilarni sirlash uchun va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling