Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Epsomit – MgSO
4
·7H
2
O. Mineralning nomi Angliyadagi mineral suv 
bulog‘i Epsom nomiga qo‘yilgan. Sinonimi – achchiq tuz. Kimyoviy tarkibi: Mg – 
9,86%; S – 13,01%; O – 71,39%; H – 5,74%. Ba’zan aralashma sifatida Fe 
(ferroepsomit), Ni (nikel’-epsomit) va marganets bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo-tetraedrik – 3L
2
. Fazoviy 
gruppasi: a
0
=11,94; b
0
=12,03; c
0
=6,865; a
0
:b
0
:c
0
=0,993:1:0,571.
Epsomit prizmatik, ignasimon, tolasimon kristallar hosil qiladi, hamda 
gardlar, gulchalar, yaxlit tuproqsimon massalar holida uchraydi.
Epsomitni rangi oq bo‘lib, ba’zan shaffof va rangsiz. Yaltirashi shishasimon. 
Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha o‘ta mukammal. Sinishi chig‘anoqsimon. 
Qattiqligi 2-2,5. Juda mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 1,68. Optik xususiyatlari: ikki 
o‘qli, manfiy. Ng=1,461; Nm=1,455; Np=1,433; 2v=50°.
Epsomit uchun diagnostik belgi bo‘lib achchiq sho‘r mazasi hisoblanadi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 5,9; 4,22; 2,66. Suvda juda yaxshi eriydi. 
Dahandam alangasida erib, erimaydigan ishqorli massaga aylanadi. Epsomit 


217 
ko‘pgina boshqa suvli sul’fatlarga o‘xshash bo‘lganligi sababli, ulardan faqat 
kimyoviy reaksiyalar yordamida ajratish mumkin.
Epsomitni sun’iy yo‘l bilan epsomit tarkibli toza suvli eritmalardan 50°C 
dan past temperaturada kristalizatsiyalanish yo‘li bilan olish mumkin.
Epsomitni asosiy massasi suvli eritmalarda 31°C dan Yuqori temperaturada 
cho‘kish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Agarda eritmalar tarkibida magniy ko‘p bo‘lsa 
epsomit o‘rniga kizerit hosil bo‘ladi. Ba’zi tuzli konlarda, suvli eritmalardan 
cho‘kuvchi birlamchi epsomit bilan birgalikda, kizeritni gidratatsiyalanishi 
natijasida hosil bo‘lgan, ikkilamchi epsomit ham uchraydi. Tuz qatlamlaridagi va 
zamonaviy tuzli ko‘llardagi epsomit qazilma konlar sifatida ma’lum. Tuzli 
konlarda epsomit bilan bir assotsiatsiyada galit va kizerit keladi. Ko‘llarda esa 
epsomit bilan bir assotsiatsiyada mirabilit, kizerit, astraxanit, rudali konlarni 
oksidlanish zonasida esa melanterit va gips keladi. Epsomit konlari Germaniyada 
(Stasfurt), Amerikada, Misrda, Meksikada, Qozog‘istonda, Qrimda ma’lum.
O‘zbekistonda epsomit Qo‘rg‘oshinkonda, Sho‘rsuvda, Xo‘jaipakda 
topilgan.
Quruq iqlimli sharoitlarda tarkibidagi suvini yo‘qotib xiralashadi va olti 
molekula suvli magniyni sul’fatiga aylanadi.
Epsomit magniyni boshqa sul’fatlari kabi, to‘qimachilik, qog‘oz, qand-
shakar, farmatsevtika, ximiya sanoati va boshqa sohalarda ishlatiladi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling