Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Kizerit – MgSO
4
·H
2
 
Germaniyadagi Ien akademiyasi prezidenti D. Kizer nomiga qo‘yilgan.
Kimyoviy tarkibi: Mg – 17,57%; S – 23,17%; O – 57,80%; H – 1,46%.
Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L
2
PC. Fazoviy 
gruppasi: a
0
=6,89; b
0
=7,69; c
0
=7,65; a
0
:b
0
:c
0
=0,896:1:0,995; β=116°05´.
Kizerit odatda yaxlit donador massalar holida uchraydi. Kristallari juda kam 
uchraydi.
Kizerit rangsiz, kulrang-oq yoki sarg‘ish bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon. 
Ulanish tekisligi (110) va (111) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 3,5. Mo‘rt. 


218 
Solishtirma og‘irligi 2,57. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat. Ng=1,584; 
Nm=1,533; Np=1,520; Ng-Np=0,064; 2v=55°.
Kizeritni poroshokka o‘xshatib juda maydalab suvga aralashtirilsa 
kuydirilgan gipsga o‘xshab qotadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 4,82; 
3,38; 2,55. Suvda juda sekin eriydi. Dahandam alangasida yorilib ketadi va osonlik 
bilan eriydi. O‘ziga o‘xshash minerallardan optik xususiyatlari va kimyoviy 
tarkibiga qarab ajratish mumkin.
Kizerit cho‘kindi yo‘l bilan murakkab tarkibli suvli eritmalardan 18°C dan 
Yuqori temperaturada, kristallizatsiyani oxirgi bosqichlarida, kam suvli 
sharoitlarda hosil bo‘ladi. Boshqa sharoitlarda esa, Yuqori temperaturalarda 
kizeritga aylanuvchi geksagidrit va epsomit hosil bo‘ladi. Kizerit tarkibidagi suvni 
200°C da yo‘qotadi. Kizerit bilan bir assotsiatsiyada gips, angidrit, galit, poligalit, 
epsomit va tuzli qatlamlarni boshqa minerallari uchraydi. Nam iqlimli sharoitlarda 
kizerit suvni o‘ziga biriktirib, xiralashadi va epsomitga aylanadi.
Germaniyadagi Stasfurt konida qatlamlarni qalinligi 40m ga kizerit miqdori 
30% ga etadi. O‘zbekistonda kizerit Shorsu, Odamtosh konlarida uchragan.
Kizerit to‘kimachilik, qog‘oz, qand-shakar, ximiya, farmatsevtika va boshqa 
sohalarda ishlatiladigan, magniy va achchiq tosh (epsomit) olishda ishlatiladi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling