Kristallografiya va mineralogiya


 Minerallarning solishtirma og‘irligi


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

15.7. Minerallarning solishtirma og‘irligi 
Minerallarni aniqlashda yordam qiladigan eng muhim belgilaridan biri 
ularning solishtirma og‘irligidir. 
Moddalarning solishtirma og‘irligi deb, aniqlanayotgan moddani og‘irligini 
uni siqib chiqargan suvni xajmiga nisbatan o‘lchanadigan og‘irligiga aytiladi. 
O‘lchov birligi g/sm
3
, kg/dm
3
yoki t/m
3

Minerallarning solishtirma og‘irligi quyidagi usullar bilan aniqlanadi. 
Solishtirma og‘irlikni aniqlashning eng oson usullaridan biri uni oddiy tarozi 
va piknometr yordamida aniqlashdir. 


74 
Buning uchun avval solishtirma og‘irligi aniqlanayotgan mineral namunasi 
tarozi yordamida tortiladi, so‘ngra piknometrga ma’lum hajm miqdorida suv solib 
tarozida tortiladi. Bundan keyin o‘lchangan mineral namunasi suvli piknometrga 
solinadi va buning natijasida hajmdan ortiq bo‘lib qolgan suv siqib chiqarilib, 
piknometrni suv va mineral bilan birgalikdagi og‘irligi o‘lchanadi. Shu qiymatlar 
o‘lchangandan so‘ng solishtirma og‘irlik quyidagi formula asosida hisoblanadi: 
1
Р
М
Р
М
D
D – solishtirma og‘irlik; 
M – mineral og‘irligi; 
P– piknometrning suv bilan og‘irligi; 
P
1
– piknometrning suv va mineral bilan og‘irligi. 
Solishtirma og‘irlikni aniqlashning yana bir usuli og‘ir suyuqliklardan 
foydalanishdir. Bu usulda solishtirma og‘irligi ma’lum bo‘lgan indikator 
minerallardan foydalaniladi. Aniqlanayotgan mineral namunasi indikator sifatida 
olingan og‘ir suyuqlik bilan muvozanat holiga kelsa (ya’ni pastga cho‘kmay va 
ustiga ko‘tarilmasa) bu mineralni og‘irligi indikator mineral bilan barobar degan 
xulosa kelib chiqadi. 
Minerallarning solishtirma og‘irligi 0,8 dan 23 gacha bo‘lib quyidagicha 
bo‘linadi: 
- yengil minerallar, bu guruhga solishtirma og‘irligi 0,8 dan 2,5 gacha 
bo‘lgan minerallar kiradi. Masalan: gips, galit, grafit. 
- o‘rtacha minerallar, bu guruhga solishtirma og‘irligi 2,5 dan 4,0 gacha 
bo‘lgan minerallar kiradi. Masalan: kvars, flyuorit, kalsit. 
- og‘ir minerallar, bu guruhga solishtirma og‘irligi 4,0 dan og‘ir bo‘lgan 
minerallar kiradi. Masalan: galenit, barit, sof tug‘ma oltin. 
Minerallarning solishtirma og‘irligi shu mineralni tashkil qilgan 
elementlarning atom og‘irliklari bilan, ion radiuslarining katta-kichikligi bilan
koordinatsion son bilan bog‘liqdir. 


75 
Minerallarning solishtirma og‘irligida bo‘lgan farq turli gravitatsion usullar 
bilan rudali minerallarni rudasiz minerallardan ajratib olishda muhim rol o‘ynaydi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling