79
ajralib chiqqan komponentlar ekzogen – gipergen
birikmalari uchun asosiy
manba’idir.
Nurash jarayonida endogen mineral suvni va ozod kislorodni ta’siri ostida
ekzogen mineralga aylanadi.
Masalan, pirit oksidlanish natijasida gidrogyotitga aylanadi.
FeS
2
+ nO
2
+ mH
2
O → FeSO
4
→Fe
2
(SO
4
)
3
→ FeO*OH-nH
2
O
pirit gidrogyotit
Gyotit gidratlanishi natijasida gidrogyotitga aylanadi:
FeOOH + nH
2
O → FeOOH nH
2
O
gyotit gidrogyotit
Gidroliz natijasida:
K[AlSi
3
O8] → (KH
2
O)Al
2
(OH)
2
[AlSi
3
O
10
] → Al
4
(OH)
8
[Si
4
O
10
]
ortoklaz
gidroslyuda kaolinit
Cho‘kindi sharoitida hosil bo‘lgan cho‘kmalar sedimentogenez va diagenez
jarayonlarida cho‘kindi tog‘ jinslariga aylanadilar. Sedimentogenez jarayonida suv
havzalarida cho‘kmalar yig‘iladi, bu cho‘kmalar diagenez jarayonida tog‘ jinsiga
o‘tadi, cho‘kindi jarayonida har xil cho‘kindi tog‘ jinslari hosil bo‘ladi. Tog‘
jinslari bilan bir qatorda ma’lum minerallar kristallanadi:
pirolyuzit, psilomelan,
gyotit, yarozit, gidrogyotit, shamozit, tyuringit,
boksit minerallari, gil minerallari,
fosforit, galit, silvin, gips, angidrit va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: