Kristallografiya va mineralogiya
Mineral hosil qiluvchi metamorfik jarayonlar
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
16.3. Mineral hosil qiluvchi metamorfik jarayonlar
Metamorfogen sharoitida mineral hosil qiluvchi gelogik jarayonlar. Metamorfizm jarayonida endogen va ekzogen sharoitda ilgari hosil bo‘lgan tog‘ jinslari va minerallar katta o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Metamorfizm jarayoni Yer qobig‘ining yuqori qismlarida juda yuqori harorat va bosim ostida kimyoviy aktiv suvlar va gazlar ishtirokida sodir bo‘ladi, bularni metamorfizm faktorlari deb ataladi. Bunday sharoitlarda tog‘ jinslari bilan ma’danlarning kimyoviy va mineral tarkibi, ularning tashqi qiyofasi ham butunlay o‘zgaradi. Ekzogen sharoitida yuzaga kelgan suvga boy birikmalar suvsiz yoki kam suvli birikmalarga aylanib qoladi. Masalan, opal-kvarsga, limonit-gematitga yoki magetitga aylanadi. Shu bilan bir paytda moddalarning qayta kristallanishi yuz beradi. Masalan, organogen ohaktosh avvalgi struktura hossalarini yo‘qotib 80 marmarga aylanadi, gil jinslari slanetslarga o‘tadi. Magmatik tog‘ jinslari komponentlari yangi minerallar hosil qilib to‘liq qayta guruhlanishi yuz beradi, granit gneysga o‘zgaradi. Metamorfizm ayrim hollarda kimyoviy moddalar olib kelinishi bilan sodir bo‘ladi, bunday sharoitda tog‘ jinslarining kimyoviy va mineral tarkibi butunlay o‘zgarib ketishi mumkin, boshqa paytlarda esa moddalar ishtirokisiz o‘tadi, unda tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibi o‘zgarmay, ammo ular faqat qayta kristallanishadi. Metamorfizmning har xil turlari mavjud: dinamometomorfizm, kontakt metamorfizmi, regional metamorfizm. Dinomometamorfizm yuqori bosim ta’siri ostida sodir bo‘ladi, bunda tog‘ jinslarining mineral tarkibi deyarli o‘zgarmaydi. Kontaktli metamorfizm intruziv bilan yon tevarak tog‘ jinslari kontaktida yuqori haroratli gaz va suvlarning ishtirokida sodir bo‘ladi. Bunda har ikkala tomondagi jinslarning kimyoviy va mineral tarkibi tubdan o‘zgaradi. Regional metamorfizm yuqori bosim va harorat ta’sirida, hamda yuqori haroratli gaz va suvlarning ishtirokida yuzaga keladi. Bunday sharoitda tog‘ jinslarining kimyoviy va mineral tarkibi butunlay o‘zgaradi. Metamorfiklashgan qatlamlarda uchraydigan foydali qazilma konlari genetik belgilarga muvofiq bir muncha hilma-xil bo‘lgan quyidagi tiplarga ajratiladi: a) metamorfiklashgan konlar, ya’ni metamorfizmga qadar mavjud bo‘lgan konlar (masalan, temir va marganets cho‘kindi konlarva b) faqat metamorfizm jarayondagina vujudga kelgan metamorfik konlar (masalan, grafit konlari). Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling