81
17. Sof tug‘ma elementlar
Minerallar fizik – kimyoviy jarayonlar natijasida
yer yuzi va ichki qismida
vujudga keladi. Har bir mineral faqat o‘ziga xos kristallik tuzilishiga ega bo‘lgan
aniq tabiiy birikmadan iborat va kimyoviy elementlardan tuzilgan.
Minerallar tasnifini tuzishda asosan kimyoviy ichki tuzilishi prinsipiga amal
qilinadi. Minerallar o‘zlarining kimyoviy birikmalari
turiga qarab sinflarga va
guruhlarga ajratiladi. Xullas, ma’lum bo‘lgan minerallarning hammasi kimyoviy
tarkibi va kristall tuzilishiga qarab sinflarga bo‘linadi.
1. Sof tug‘ma elementlar sinfi. Bu elementlar soni 30 dan ortiq. Ko‘pchilik
qismini metallar tashkil etadi. Sof elementlarning yer qobig‘idagi miqdori - 0,1%.
Metall xillariga oltin, kumush, mis, platina va nometall turlariga
oltingugurt,
grafit, olmos kiradi.
2. Sul’fidlar va sul’fotuzlar sinfi. Bu guruhga kiruvchi 40
dan ortiq
metallar oltingugurt, selen, tellur, margimush va surmalar
bilan birikmalar hosil
qilib, og‘irlik miqdori Yer qobig‘ining 0,15% ga teng.
Bu guruhga oid
minerallarning eng muhimlari: xal’kozin – CuS
2
, argentit –Ag
2
S, galenit – PbS,
sfalerit – ZnS, grinokit – CdS, kinovar’ – HgS, nikelin – NiS, pentlandit – (Fe,
Ni)
9
S
8
, xal’kopirit – CuFeS
2
, auripigment–As
2
S
2
, real’gar –AsS, antimonit–Sb
2
S
3
,
vismutin –Bi
2
S
3
, molibdenit–MoS
2
, pirit – FeS
2
, kobal’tin–SoAsS, arsenopirit -
FeAsS va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: