Kristallografiya va mineralogiya
Sof tug‘ma oltingugurt - S
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Sof tug‘ma oltingugurt - S
Oltingugurt polimorfizmni enantiotrop o‘zgarishlariga xos mineral bo‘lib, u bir necha xil modifikatsiyalarda uchraydi. Normal sharoitda eng barqaror modifikatsiyasi rombik singoniyadagi α - oltingugurt bo‘lib, u tabiy kristallardan iborat (17.4-rasm). Ikkinchi monoklin singoniyadagi oltingugurtni β modifikatsiyasi yuqori temperaturada barqaror hisoblanadi. Monoklin oltingugurt 95,5°C gacha sovitilganda rombik oltingugurtga aylanadi. O‘z navbatida rombik oltingugurt 95,5°C gacha qizdirilganda monoklin oltingugurtga aylanib, temperatura 119°gacha ko‘tarilsa erib ketadi. γ - oltingugurt ham monoklin, ammo atmosfera bosimida va past temperaturada barqaror emas bo‘lib, oddiy uy temperaturasida α oltingugurtga aylanadi. Oltingugurtni kristallangan va amorf xillari uchraydi. Kristallangan oltingugurt organik birikmalarda (skipidar, oltingugurtli uglerod va kerosin) eriydi, amorf oltingugurt esa oltingugurtli uglerodda erimaydi. 17.4-rasm. Rombik oltingugurt Kimyoviy tarkibi. Oltingugurt odatda kimyoviy toza xolda uchraydi, ba’zan tarkibida 5,2% gacha selen (selenli oltingugurt), hamda tellur va margimush bo‘lishi mumkin. 93 Ko‘p xollarda oltingugurt gilli va organik mexanik aralashmalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Singoniyasi: α - oltingugurt rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo – dipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =10,48; b 0 =12,92; c 0 =24,55; a 0 : b 0 : c 0 = 0,813:1,1:1,903. Oltingugurt yaxlit massalar, tuproqsimon uyumlar, hamda kristall druzalar ba’zan gardlar xolida uchraydi. Kristallari ko‘pincha piramidal, kesik piramidal ba’zan rombotetraedrik va pinakoidal shakllarda uchraydi. Rombik oltingugurtlar kristallarining asosiy formalari bo‘lib dipiramidalar {111}, {113}, prizmalar {011}, {101} va pinakoid {001} hisoblanadi. Ko‘pincha oltingugurt kristallari parallel o‘simtalar hosil qiladi. Oltingugurtning rangi har xil sariqdan ba’zan qo‘ng‘ir va qoragacha bo‘ladi. Chizig‘ining rangi sarg‘ish. Kristall yonlari olmosdek, singan joylari yog‘langandek yaltiraydi. Kristallari qisman nur o‘tkazadi. Qattiqligi 1-2. Mo‘rt. Ulanish tekisligi {001}, {110}, {111} bo‘yicha mukammal emas. Solishtirma og‘irligi 2,05 – 2,08 . Ishqalanganda manfiy zaryad bilan elektrlanadi. Optik musbat. 2v=69° Ng=2,24-2,245; Nm=2,038; Np=1,951- 1,958; Ng- Np=0,287. Kristall formasi, rangi, kichik qattiqligi va solishtirma og‘irligi, kristallarini singanda yog‘langandek yaltirashi, past temperaturada erishi – oltingugurtni aniqlashda xarakterli belgi hisoblanadi. Rentgeno-grammadagi asosiy chiziqlari: 3,85; 3,21; 3,10. Oltingugurt uglerodda, skipidarda, kerosinda, eriydi, lekin HCl va H 2 SO 4 da parchalanmaydi. HNO 3 oltingugurtni oksidlantirib, H 2 SO 4 ga aylantiradi. Sof tug‘ma olitngugurt yer qobig‘ining faqat eng ustki qismlarida va yer yuzida topiladi. U turli yo‘llar bilan hosil bo‘ladi. Vulqon harakati natijasida uning kraterlarida va jins yoriqlarida yopishib qotadi. 1. Ruda konlarining oksidlanish zonasida metallarni oltingugurtli birikmalarini parchalanishidan yuzaga keladi. 2. Cho‘kindi gips qatlamlarini parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. 94 3. Organik birikmalarni parchalanishi natijasida (asosan oltingugurtga boy asfal’t va neftlar). 4. Organizmlarni organik birikmalarini parchalanishidan. 5. Oltingugurtli vodorodni parchalanishidan (hamda SO 2 ). Oltingugurtni sanoatbop konlari asosan 3 tip bilan bog‘liq: 1) Vulqon konlari 2) Sul’fid konlarining oksidlanish zonasi bilan bog‘liq bo‘lgan mahsulotlar 3) Cho‘kindi konlar Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling