Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

17.5-rasm. Sof tug‘ma oltingugurt 
Tog‘ jinslarini bo‘shliqlari bo‘yicha harakat qilib oltingugurtli vodorod 
hisobiga hosil bo‘lgan konlardan Farg‘onadagi Shorsu (17.5-rasm), Qaurdak 
konlarini ko‘rsatish mumkin. Bu erda oltingugurt bilan bir assotsiyasiyada 
bitumlar, gips,sselestin, kal’sit, aragonit uchraydi. Qoraqum cho‘llarida - kremniyli 


95 
qobiq bilan qoplangan tepalar bo‘lib achchiq toshlar, kvars, xal’sedon, opal va 
boshqa minerallar bilan bir assotsiyasiyada topiladi. Oltingugurt asosan sanoatning 
ko‘pgina tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan sul’fat kislotasi ishlab chiqarish uchun
qishloq ho‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurashda, rezina sanoatida 
(vulkanizatsiyalash), gugurtlar, mushaklar, bo‘yoqlar tayyorlashda, qog‘oz 
sanoatida, portlovchi moddalar olishda va boshqa sohalarda ishlatiladi. 
Olmos – C.  
Mineralning nomi grekcha “adamas” – engilmas degan so‘zdan kelib 
chiqqan (juda Yuqori darajadagi qattiqligi va kimyoviy birqarorligi ko‘zda tutilgan 
bo‘lsa kerak).
Xillari:
1) Bort – noto‘g‘ri shaklda o‘sishgan va nur kabi tuzilgan sharsimon 
agregatlari.
2) Ballas – strukturasi yadro shaklida bo‘lgan, mayda zarrali qavat bilan 
qoplangan, sharsimon bortlar.
3) Karbonado – amorf grafit va boshqa aralashmalar bilan qoramtir rangga 
bo‘yalgan – mayin donador g‘ovak agregatlari.
Qirralangan olmoslar brilliant deb ataladi.
Kimyoviy tarkibi. Rangsiz xillari sof ugleroddan tarkib topadi. Rangli va 
shaffof bo‘lmagan xillari, yondirganda 0,13 dan 4,8% gacha kuymaydigan qoldiq 
qoldiradi. Bu qoldiqqa asosan Fe
2
O
3
, SiO
2
, CaO kiradi.
Singoniyasi - kubik, simmetriya ko‘rinishi geksatetraedrik. Olmos 
strukturasi yonlari markazlashgan kubik panjara shaklida bo‘lib, bunda uglerod 
atomlari elementar kubik yacheykaning uchlarida va yonlarini o‘rtasida joylashadi. 
Lekin oddiy yonlari markazlashgan elementar kubni panjarasidan, olmosni 
strukturasi sakkizta kubni to‘rttasini o‘rtasida joylashgan uglerod atomi borligi 
bilan farq qiladi. Buning natijasida markazi to‘ldirilgan va markazi bo‘sh kublar 
ketinma – ketin keladi. Panjaradagi uglerodni har bir atomi, gomopolyar 
bog‘lanish burchagi bilan qo‘shni tetraedrik shaklda joylashgan katta atom bilan 
juda mustahkam bog‘langan.


96 
Olmos – yaxshi kristallografik individuallashgan mineral. Olmosni 
kristallarini tashqi ko‘rinishini belgilovchi asosiy formalari oktaedr {111}, rombik 
dodekaedr{110}, kub{100} va ularni kombinatsiyalaridir.
Tekis qirralangan kristallaridan tashqari qiyshiq qirralangan kristallari ham 
uchraydi. Ular oktaedroid, dodekaedroid, geksaedroid deyiladi. Ayrim olimlar buni 
o‘sish natijasida hosil bo‘lgan deyishsa, ayrimlari erish natijasida yuzaga kelgan 
deb hisoblashadi. Olmoslarning og‘irligi karat bilan o‘lchanadi. 1 karat 0,2 
grammga teng. Olmoslarning o‘rtacha o‘lchami 0,2 – 0,3 karatga teng. Hozirgi 
paytgacha topilgan eng yirik olmos “Kullinan” – 3025, 24 karatga teng. 
Hozirgacha ma’lum bo‘lgan eng yirik kristallari quyidagilardan iborat: 
“Ekssel’zior” – 969,5; “Viktoriya” – 457; “Orlov” – 199,6; “Florentets” – 133; 
“Regent” – 137; “YUjnaya zvezda” – 125,5; “Zvezda S’erra - Leone” – 969,8; “50 
let Aeroflota” – 232.
Olmosning rangi rangsiz bo‘lib, qoramtir, qizil, sariq, ko‘k, havorang va 
yashil xillari ham uchraydi. Olmosning sindirish ko‘rsatkichi juda yuqori bo‘lib 
(2,40 – 2,46), kuchli olmossimon yaltirashga sabab bo‘ladi. Olmosning qattiqligi 
10 bo‘lib, kvarsdan 1000marta, korunddan 150 marta ortiq. Ulanish tekisligi 
{111}bo‘yicha o‘rtacha. Solishtirma og‘irligi 3,47 – 3,56. Olmos mo‘rt bo‘lib, 
kuchsiz elektr o‘tkazuvchan.
Olmosning eng xarakterli diagnostik belgilari uning juda qattiqligi va Yuqori 
darajadagi sindirish ko‘rsatkichiga egaligi, kristallarining qiyshiq bo‘lishi va 
ul’trabinafsha nurlar ta’sirida lyuminissen-siyalanishidir (havorang ko‘k, ba’zan 
sariq va yashil ranglarda). Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari 2,05; 1,26; 
0,721.
Olmos konlari tub (birlamchi) va sochilma (ikkilamchi) konlarga bo‘linadi.
Olmosning tub konlari o‘ta asos tog‘ jinslari bilan bog‘liq (peridotit va 
kimberlitlar). Olmosning kris-tallanishi juda katta chuqurliklarda yuqori bosim va 
temperatura asosida sodir bo‘ladi. Olmos bilan bir assotsiyasiyada grafit, olivin, 
xrom shpinelidlar, il’menit, pirop, magnetit, gematit va boshqa minerallar 
uchraydi.


97 
Olmosning sochilma konlari tub konlarning parchalanishi natijasida, hamda 
sochilma konlarnng nurash jarayonida (qumtosh va konglomeratlar) yuzaga keladi.
Olmos zargarlikda qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi, lekin u texnik maqsadlarda 
ham juda zarur bo‘lganligi uchun bu sohada ko‘proq ishlatiladi. Shu sababli 
olmoslar ikki turga bo‘linadi. Zargarlik va texnikada ishlatiladigan olmoslar. 
Zargarlik maqsadida ishlatiladigan olmoslar yuqori sifatli, juda yaxshi formaga ega 
bo‘lgan, juda shaffof, chiroyli, bir xil rangli bo‘lishi kerak.
Texnik olmoslar foydalaniladigan olmoslarni 75,85% ni tashkil qiladi. Bular 
asosan olmos bilan burg‘ulashda, har xil asbob – uskunalar tayyorlashda, abraziv, 
kesuvchi, silliqlovchi materiallar sifatida ishlatiladi. Texnik maqsadlarda odatda 
zargarlik maqsadlarida ishlatib bo‘lmaydigan mayda olmoslar, hamda bort, ballas 
va karbonadodan foydalaniladi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling