Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Argentit – Ag
2
 
Mineralning nomi lotincha «argentum» - kumush so‘zidan kelib chiqqan. 
Sinonimi – kumushdek yaltiroq. Kukunsimon xili «kumush qorasi» deb ataladi. 
Ag
2
S ikki xil modifikatsiyada: 1) Yuqori temperaturada paydo bo‘lgan, 179° dan 
Yuqori temperaturada turg‘un kubik modifikatsiya – argentit va 2) 179° dan past 
temperaturada paydo bo‘lgan; rombik modifikatsiya – akantit holida topiladi.
Kimyoviy tarkibi: Ag – 87,1%; S – 12,9%. Izomorf aralashma sifatida Cu 
uchraydi. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi – geksaoktaedrik – 
3L
4
4L
3
69PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=4,89.
Agregatlari donasimon yoki yaxlit uyumlar, ba’zan kubik va oktaedrik 
qiyofaga ega bo‘lgan kristallar tarzida uchraydi. Ba’zan qo‘shaloq kristallari ham 
uchraydi. Argentitning rangi qoramtir, qo‘rg‘onishdek kulrang, chizig‘i yaltiroq 
kulrang. Yaltirashi metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi (100) va (110) 
bo‘yicha mukammal emas. Qattiqligi 2-2,5. Solishtirma og‘irligi 7,2-7,4. Elektr 
tokini Yuqori temperaturadagina o‘tkazadi. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi 36%.
Argentitni kichik qattiqligi, pachaqlanuvchanligi va solishtirma og‘irligiga qarab 
ajratish mumkin. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,83; 2,59; 2,43; 2,37; 
2,21. Argentit HNO
3
da eriydi va S ajralib chiqadi, eritmaga HCl qo‘shilsa, quyuq 
suzmaga o‘xshash oq cho‘kindi AgCl hosil bo‘ladi. Dahandam alangasida ko‘mir 


102 
ustida oksidlanish alangasida erib oltingugurt bug‘lari ajralib chiqadi, va kumush 
gardlarini hosil qiladi.
Argentit gidrotermal jarayonlarda hosil bo‘lib, asosan epitermal tipdagi 
kobal’t-nikel’-kumushli tomirsimon formatsiya bilan bog‘liq. Bu erda u sof tug‘ma 
kumush va uning sul’fosollari (pirargirit – Ag
3
SbS
3
, prustit – Ag
3
AsS
3
, stefanit – 
Ag
5
SbS
4
), hamda oltin (17.3-rasm), aynama rudalar, galenit bilan bir 
assotsiatsiyada uchraydi. Argentitning asosiy qismi polimetall konlarni oksidlanish 
zonasida uchraydi va quyidagi reaksiya asosida yuzaga keladi:
Ag
3
SbS
3
2
Oksidlanish zonasida argentit, birlamchi oksidlanmagan sul’fidlar, hamda 
xal’kozin (Cu
2
S),sserussit [Pb(CO
3
)], kerargirit (AgCl), sof tug‘ma kumush va 
qo‘ng‘ir temirtoshlar bilan birgalikda uchraydi. Uning yirik konlari Norvegiyada 
(Kongberg), Meksikada (Sakatekas, Guanaxuato, Pachuka), Saksoniyada 
(Annaberg, Shneeberg, Freyberg), Chexoslovakiyada (Yaximov), Oltoyda, Sharqiy 
Zabaykal’eda ma’lum.
O‘zbekistonda argentit Qurama tog‘laridagi rudali konlarda, Janubiy 
O‘zbekistonni kolchedan-polimetall konlarida va Markaziy Qizilqumda topilgan. 
Yerning yuza qismida argentit barqaror bo‘lmay oksidlanadi va sof tug‘ma 
kumushga aylanadi. Kuchli yorug‘lik ta’sirida argentitning jilolangan yuzasi 
qoramtir bo‘lib qoladi.
Tarkibida kumush bo‘lgan boshqa minerallar bilan birgalikda kumush 
olinadigan manba bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling