Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
 


107 
Vyurtsit – ZnS  
Fransuz ximigi Adol’f Vyurts nomiga qo‘yilgan. Sinonimi: Nursimon rux 
aldamchisi. Kimyoviy tarkibi: Zn – 67,1%; S – 32,9%. Aralashma sifatida Cd 
uchrab uni miqdori sfaleritdagiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Bundan tashqari 
aralashma sifatida Mn ham uchraydi, bunday xilini eritrotsinkit deyiladi. 
Singoniyasi geksagonal, simmetriya ko‘rinishi digeksagonal-piramidal – L
6
6P. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=3,85; c
0
=6,29; a
0
:c
0
=1:1,634.
Odatda vyurtsit tolasimon va nursimon agregatlar, hamda konsentrik 
qavatlarga ega bo‘lgan qobiqlar hosil qiladi. Kristallari juda kam uchraydi. Ular 
odatda piramidal, prizmatikdan tabletkasimongacha bo‘ladi.
Vyurtsitni rangi tarkibidagi temirga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchan bo‘lib, 
ochiq rang hamda qo‘ng‘irdan qoragacha bo‘lishi mumkin. Shunga bog‘liq 
ravishda chizig‘ini rangi ham rangsizdan qo‘ng‘irgacha o‘zgaruvchan bo‘ladi. 
Yaltirashi olmossimon. Shaffof. Ulanish tekisligi (1010)bo‘yicha mukammal
(0001) bo‘yicha mukammal emas. Mo‘rt. Qattiqligi 3,5-4. Solishtirma og‘irligi 4-
4,3. Optik xususiyatlari: bir o‘qli, musbat. Sindirish ko‘rsatkichlari: Ng=2,378; 
Nm=2,356; Ng-Nm=0,022.
Xarakterli belgi bo‘lib, vyurtsitni mikroskop ostida optik anizotropligi 
hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,107; 1,902; 1,625. HCl da 
erib H
2
S va HNO
3
da S ajralib chiqadi. Dahandam alangasida sfaleritga o‘xshash. 
Sun’iy yo‘l bilan vyurtsit olish uchun sfaleritni 1020°C dan ortiq temperaturaga 
qizdirib, so‘ngra sekin-asta sovutish yo‘li bilan olish mumkin.
Vyurtsit rux sul’fidini juda kam uchraydigan formasidir. U nordon 
eritmalardan kristallanib, ko‘pincha sfalerit, markazit va boshqa sul’fidlar bilan 
birga uchraydi. Vyurtsitni konlari Chexoslovakiyada (Prshibram), Amerikada 
(B’yut koni), Boliviyada (Oruro va Chokayya konlari), Peruda (Kaspisiza koni), 
Uralda, Qirg‘izistonda ma’lum.
Vyurtsit O‘zbekiston uchun kam uchraydigan mineral hisoblanadi va 
Shuning uchun juda kam o‘rganilgan bo‘lib, faqatgina Qurama tog‘laridagi 


108 
Naugarzansoy rudali maydonida va G‘arbiy O‘zbekistonni Uchquloch konida 
topilganlari ma’lum. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling