Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Grinokit - CdS
Graf Grinok nomiga qo‘yilgan. Kimyoviy tarkibi: Cd - 77,7 %, S – 22,3 %. Tarkibida ba’zan indiy ham bo‘ladi. Singoniyasi geksagonal, simmetriya ko‘rinishi digeksagonal – piramidal. Bu mineralning kubik modifikatsiyasi xauleit deyiladi. Fazoviy gruppasi: a 0 = 4,142, c 0 = 6,724. Juda kam topiladigan mayda kristallari bochkachaga o‘xshash yoki o‘tkir uchli piramida shaklida bo‘ladi. Ko‘pincha kukun, tuproqdek gard xolida topiladi. Grinokitning rangi sariq, qizg‘ish – sariq, to‘q qizg‘ish sariq. Chizig‘ini rangi qizg‘ish sariq va qizil bo‘ladi. Yaltirashi olmosdek. Qattiqligi 3 – 3,5. Ulanish tekisligi {1120} bo‘yicha mukammal. Solishtirma og‘irligi 4,9 – 5,0. Mo‘rt. Grinokitni o‘ziga o‘xshash auripigment (As 2 S 3 ), realgar (AsS), va vul’fenit (PbMoO 4 ) lardan dahandam alangasida o‘zgarishiga qarab ajratish mumkin (soda bilan qorishtirib qattiq qizdirganda qizil - qo‘ng‘ir rangli CdO gardi hosil qiladi). U kislotalarda eriyotganda o‘tkir H 2 S xidini chiqaradi. Grinokit tarkibida kadmiy bo‘lgan sfalerit yoki vyurtsit bilan bir assotsiatsiyada topiladi. Grinokitni chet eldagi konlaridan Prishbram (Chexoslovakiya), Pensil’vaniyadagi Fridensvil (AQSH) konlarini ko‘rsatish mumkin. Grinokit Qurama tog‘larining polimetall konlarida, G‘arbiy va Janubiy O‘zbekiston konlarida sfalerit bilan birga uchraydi. Grinokit gipergenez zonasini xarakterli mineralidir. U asosan kadmiyli sfaleritni parchalanishidan yuzaga keladi. Grinokitni kubik modifikatsiyasi xouleit Oltintopkan konini oksidlanish zonasida aniqlangan. Grinokit kadmiyni asosiy rudasi hisoblanadi. U po‘lat bilan temir buyumlarni metallar karroziyasiga qarshi qoplashda, gal’vanoplastinkada, chidamli qotishmalar olishda, akkumlyatorlar, yong‘inga qarshi avtomat apparatlar va boshqalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling