Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Auripigment – As
2
S
3
Nomi lotincha aurum – oltin, pigmentum – rang so‘zilan kelib chiqqan. 
Kimyoviy tarkibi: As-61%; S-39%. Izomorf aralashma sifatida Se, Sb, V, Ge 
ishtirok etishi mumkin. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi rombo-
prizmatik - L
2
PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=11,49; b
0
=9,59; c
0
=4,25; β=90°27’; 
a
0
:b
0
:c
0
=1,198:1:0,443. Odatda auripigment varaqsimon (18.4-rasm), ustunsimon
donador uyumlar holida, kukunsimon va radial nursimon agregatlar, hamda 
kristallar tarzida uchraydi. Kristallari prizmatik qiyofaga ega. 
18.4-rasm. Auripigment 
Auripigmentni rangi va chizig‘ini rangi limonsimon sariq. Yaltirashi 
yo‘nalishga bog‘liq ravishda olmosdan yarim metallgacha. Shaffof. Ulanish 
tekisligi (010) bo‘yicha o‘ta mukammal. Qattiqligi 1-2. Solishtirma og‘irligi 3,4-
3,5. Elektr tokini o‘tkazmaydi. Ayrim varaqlarini ulanish tekisligi bo‘yicha 
ajratganda elektrlanadi. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, manfiy 2V=76°, sindirish 
ko‘rsatkichlari: Ng=3,0; Nm=2,8; Np=2,4. Qaytarish ko‘rsatkichi o‘rtacha 26%.


118 
Auripigmentni boshqa minerallardan ajratish uchun diagnotik belgi bo‘lib 
uning limonga o‘xshash sariq rangi, kichik qattiqligi va ulanish tekisligini o‘ta 
mukammalligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 4,77; 2,83; 
2,71. Dahandam alangasi ko‘mir ustida osonlikcha qaynab eriydi va uchib chiqib 
As
2
O
3
dan iborat gardlar qoldiradi hamda margimushning o‘tkir sarimsoq isini 
chiqaradi. Kislota va ishqorlarda eriydi.
Auripigment past temperaturali gidrotermal konlardi rel’gar (AsS), 
antimonit (Sb
2
S
3
), markazit (FeS
2
) bilan bir assotsiatsiyada topiladi. Juda kam 
miqdorda u vulqondan chiqqan mahsulot sifatida, uning kraterlari devorlarida
g‘ovak lava orasidagi bo‘shliqlarda sof tug‘ma oltingugurt, xloridlar va boshqa 
minerallar bilan birgalikda uchraydi. Ba’zan ekzogen mineral sifatida toshko‘mir 
va qo‘ng‘ir temirtosh konlarida gard va tuproqsimon jinslar sifatida kamdan-kam 
miqdorda topiladi. Auripigmentni yaxshi kristallari G‘arbiy Gruziyada (Luxumsk 
koni), Makedoniyada (Allaxar koni), Amerikada (Merkur) ma’lum. Ozarbayjonda 
(Jul’fa koni) yopiq kristallangan uyumlari uchraydi.
O‘zbekistonda auripigment Chotqol-Qurama tog‘larida (Oltintopkan, 
Ustarasoy) topilgan. Auripigment katta uyumlar xolida topilsa As
2
O
3
olish uchun 
xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi va bo‘yoqchilikda, hamda boshqa sohalarda 
ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling