Kristallografiya va mineralogiya


-rasm. Real’gar auripigment bilan


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

18.5-rasm. Real’gar auripigment bilan 
 
 


120 
Antimonit – Sb

S
3
  
Nomi lotincha «antimonium» sur’ma so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimlari: 
stibnit, sur’ma yaltirog‘i. Kimyoviy tarkibi: Sb-71,4%; S-28,6%. Aralashma 
sifatida As, Au, Ag bo‘lishi mumkin. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi 
rombo-dipiramidal. 
Fazoviy 
gruppasi: 
a
0

11,22; 
b
0
=11,30; 
c
0
=3,84; 
a
0
:b
0
:c
0
=0,9926:1:0,3395.
Antimonit chalkash tolalardan tuzilgan agregatlar, ignasimon kristallar 
(18.6-rasm), radial shu’lasimon uyumlar (18.7-rasm) va xol-xol donalar shaklida 
uchraydi. Ko‘pincha prizmatik, ustunsimon va ignasimon qiyofaga ega bo‘lgan 
yaxshi hosil bo‘lgan kristallari uchraydi. Ayrim konlarda antimonit kristallari katta 
o‘lchamga ega (uzunligi 0,5m gacha). Qo‘shaloq kristallari ham uchraydi.
18.6-rasm. Antimonit 
Antimonitni rangi qo‘rg‘oshindek kulrang. Chizig‘ining rangi ham 
qo‘rg‘oshindek kulrang. Yaltirashi metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi 
(010) bo‘yicha mukammal, (110) bo‘yicha mukammal emas. Sinishi yarim 
chig‘anoqsimon. Mo‘rt. Qattiqligi 2-2,5. Solishtirma og‘irligi 4,6. Elektrni 


121 
o‘tkazmaydi. Mikroskop ostida silliqlangan shliflarda oq. Anizotroplik va 
pleoxroik xususiyatga ega. Qo‘pincha polisintetik qo‘shaloq holda uchraydi. 
Qaytarish ko‘rsatkichi – 40%. 
Antimonit uchun diagnostik belgi bo‘lib ignasimon tuzilishi, kristallarini 
prizmatik qiyofaga ega bo‘lishi va kinovar’ bilan birga topilishi hisoblanadi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,566; 1,933; 1,687. HNO
3
da eriydi va 
Sb
2
O
3
ajralib chiqadi. Dahandam alangasida ko‘mir ustida juda oson eriydi, SO
2
ajralib, Sb
2
O
3
ning oq gardi qoladi. KON dan bir tomchi tomizilsa, u tez 
parchalanib, avval sariq, keyin sarg‘ish qizil rangga kiradi.
18.7-rasm. Antimonit 
Antimonit past temperaturali gidrotermal sharoitlarda yuzaga keladi. U kvars 
bilan alohida tomir va qatlamlar hosil qilib, ko‘pincha flyuorit va kinovar’ bilan bir 
assotsiatsiyada uchraydi. Bulardan tashqari vol’framit va sheelit ham antimonit 
bilan birga uchrashi mumkin. Antimonitning yirik konlari Yaponiyada (Sikoku 
orolidagi Ishinoskava koni), bu erda uzunligi 0,5m, qalinligi 5 sm keladigan juda 
yirik kristali topilgan, Xitoyda (Yun’nan’ provinsiyasidagi Si-Guan-Shan’ koni), 
Krasnoyarsk o‘lkasida (Razdol’ninsk koni), Ukrainada (Nikitovka) ma’lum. 


122 
O‘zbekistonda antimonit Qizilqum konlarida, Qurama va Zirabuloq tog‘larida 
topilgan.
Oksidlanish zonasida antimonit barqaror bo‘lmay parchalanadi va sur’mani 
boshqa ikkilamchi minerallariga aylanadi.
Antimonit sur’ma olinadigan asosiy manbadir. U edirilmaydigan 
xususiyatga ega bo‘lgan qotishmalar olishda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin va rux bilan 
qotishmasi «tipografiya metali» deb ataladigan qotishma, qattiq drob’, nasoslar, 
kranlar va boshqalar uchun turli qismlar tayyorlashda ishlatiladi. Sur’ma 
birikmalari rezina sanoatida, to‘qimachilik sanoatida, shisha sanoatida, 
meditsinada va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling