Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Real’gar – AsS 
Nomi arabcha ray – al’gar – g‘or yoki rudali porox degan ma’noni bildiradi. 
Sinonimi: oltingugurtli margimush.
Kimyoviy tarkibi: As=70,1%; S=29,9%.
Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi rombo-prizmatik – L
2
PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
= 9,29; b
0
= 13,53; c0=6,57; β= 106°33’; a
0
:b
0
:c
0
= 0,6878: 
1:0,4858.
Real’gar donador uyumlar, gard, po‘st va tuproqqa o‘xshash sochiluvchan 
massalar holida uchraydi. Ba’zan kristallari ham uchraydi. Rangi sarg‘ish-qizil, 
ba’zan to‘q qizil, chizig‘ini rangi och sarg‘ish-qizil. Real’garning kristall yonlari 
olmosdek, yangi singan joylari esa smola yoki yog‘langandek yaltiraydi. Yarim 


119 
shaffof. Ulanish tekisligi {010} bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 1,5-2. solishtirma 
og‘irligi 3,4-3,6. Elektr tokini o‘tkazmaydi. Optik konstantalari: ikki o‘qli, manfiy, 
2V=40°. Sindirish ko‘rsatkichlari Ng=2,61; Nm=2,59; Np=2,46. Nurni qaytarish 
ko‘rsatkichi juda kichik bo‘lib, 10% atrofida.
Real’garni aniqlash uchun diagnostik belgi bo‘lib, uning sarg‘ish-qizil rangi, 
kichik qattiqligi, tomonlaridagi chiziqlari va auripigment bilan bir paragenezisda 
uchrashi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,166; 2,931; 2,717. 
Dahandam alangasida oson eriydi va sarimsoqqa o‘xshash hid beradi.
Real’gar gidrotermal konlarda auripigment bilan birgalikda uchraydi (18.5-
rasm). Real’garni yaxshi qirralangan kristallari g‘arbiy Gruziyada (Luxumsk koni), 
Amerikaning Nevada va Yuta shtatlarida (Merkur va Getchel konlari) topilgan. 
O‘zbekistonda real’gar Chotqol-Qurama tog‘larida (Oltintopgan, Ustarasoy) 
topilgan.
Real’gar auripigment bilan birgalikda juda oz miqdorda konlar hosil qiladi. 
Konlari AsO
3
olish uchun xom-ashyo sifatida amaliy ahamiyatga ega. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling