Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Kovellin – CuS 
Italiyalik mineralog N.Kovelli (1790-1829 y.) sharafiga Shunday nom bilan 
atalgan. Sinonimi: mis zangorisi. Kimyoviy tarkibi: Cu – 66,48%; S – 33,52%. 
Odatda aralashma sifatida Fe uchraydi. Singoniyasi geksagonal, simmetriya 
ko‘rinishi digeksagonal-dipiramidal – L
6
6L
2
7PC. Fazoviy gruppasi a
0
=3,796; 
c
0
=16,36; a
0
:c
0
=1;431.
Kovellin odatda gardlar, kukun va qurum kabi massalar, ba’zan mayda 
tomirlar holida topiladi. Kristallari juda kam uchraydi, u plastinkasimon qiyofaga 
ega bo‘ladi.
Kovellin rangi zangori-ko‘k. Chizig‘ining rangi kulrangdan qoragacha. 
Yaltirashi yarim metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi {0001} bo‘yicha 
mukammal. Mo‘rt. Qattiqligi 1,5-2. Solishtirma og‘irligi 4,6-4,7. Yupqa qavatlari 
egiluvchan. Optik xususiyatlari: bir o‘kli, musbat, dispersiya xususiyati kuchli. 
Sindirish ko‘rsatkichi N=1,45. Mikroskop ostida qaytgan yorug‘lik nurida kuchli 
anizotrop va juda pleoxroik. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi kuchsiz (9,5-15%).
Kovellinni ochiq zangori ko‘k rangiga va kichik qattiqligiga qarab oson 
ajratish mumkin. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,04; 2,81; 1,89. HNO
3
da qizdirganda eriydi va oltingugurt ajralib chiqadi. Dahandam alangasida ko‘mir 
ustida yonib havorang alanga beradi. Yopiq trubkada oltingugurt ajralib chiqadi.
Kovellin tipik ekzogen mineral bo‘lib, mis sul’fid konlarining ikkilamchi 
boyish zonasida uchraydi. Kovellin bilan bir assotsiatsiyada xal’kozin va kuprit 
uchraydi. Kovellin alohida konlar hosil qilmaydi. Oz miqdorda deyarli hamma mis 
konlarida uchraydi. Kovellinni uyumlari Amerikada (B’yutt va Montan konlari), 
Yangi Zelandiyada (Kavau orollari), Yugoslaviyada (Bor konlari) ma’lum. 
Kovellin yirik kristallari Sardiniyada (Kalobona koni) va Amerikada (B’yutt va 
Montan konlari) topilgan.


117 
Kovellin O‘zbekistonda mis sul’fid konlarining ikkilamchi minerallaridan 
eng ko‘p tarqalganlaridan biri hisoblanadi, shu sababli deyarli hamma mis 
konlarida uchraydi.
Kovellin misga eng boy mis rudalari qatoriga kiradi va mis rudasi sifatida 
boshqa minerallar bilan birgalikda ajratib olinadi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling