Kristallografiya va mineralogiya
-rasm. Pirit. 18.10-rasm
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.11 -rasm.
- Markazit – FeS 2 .
18.9-rasm. Pirit.
18.10-rasm. Slanetsda o‘sgan pirit kristallari 128 Pirit yer qobig‘ida eng ko‘p tarqalgan sul’fid bo‘lib xilma-xil geologik sharoitlarda yuzaga keladi. U intruziv tog‘ jinslarda aksessor mineral sifatida, kontakt- metasomatik mahsulotlarda, gidrotermal tomirlarda va cho‘kindi tog‘ jinsi mahsulotlarida uchraydi. Piritning eng ko‘p uchraydigan joyi gidrotermal va cho‘kindi konlardir. Gidrotermal konlarda pirit bilan juda ko‘p sul’fidlar, galenit, sfalerit, xal’kopirit hamda barit, kvars (18.11-rasm) va boshqa minerallar birga uchraydi. Bunga misol qilib janubiy O‘zbekistondagi va Chotqol-Qurama tog‘laridagi konlarni ko‘rsatishimiz mumkin. Gidrotermal tomirlardagi pirit bilan ko‘pincha oltin birgalikda keladi. Pirit bilan markazit konkretsiyalari cho‘kindi ruda va jinslar orasida, qumtosh-gil qatlamlarida, ko‘mir, temir, marganets, boksit va boshqa ruda konlarida ko‘p topiladi. Oksidlanish zonasida pirit boshqa sul’fidlar kabi barqaror bo‘lmasdan, oksidlanib avval temir ikki oksid sul’fatiga, so‘ngra etarli ozod kislorod mavjud bo‘lganda temir uch oksid sul’fatiga aylanadi. Keyin u gidrolizlanib suvda erimaydigan temir gidrooksidi (limonit)ga va eritmaga o‘tib ketadigan sul’fat kislotaga ajraladi. 18.11-rasm. Kvarsda pirit kristallari 129 Pirit rudalari sul’fat kislota olish uchun foydalaniladigan asosiy xom ashyolardan biri hisoblanadi. Bu maqsad uchun qo‘llaniladigan rudalar tarkibidagi oltingugurtning o‘rtacha miqdori 35-50% atrofida bo‘ladi. Sul’fat kislotasi ishlab chiqariladigan rudalar tarkibida bo‘ladigan zararli aralashma-margimushdir. Markazit – FeS 2 . Mineral nomi qadimiy arab so‘zidan olingan bo‘lib, shu nom bilan pirit va markazit ifoda etilgan. Kimyoviy tarkibi: Fe–46,6%; S–53,4%. Aralashmalar sifatida juda oz miqdorda As, Sb, Tl va boshqalar bo‘lishi mumkin. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombodipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 = 4,445; b 0 = 5,425; c 0 = 3,388; a 0 : b 0 : c 0 = 0,8194: 1:0,6245. Kristallarining qiyofasi taxtachasimon (18.12-rasm), kalta ustunsimon, nayzasimon bo‘ladi. Qo‘shaloq kristallari murakkab bo‘lib, tez – tez uchrab turadi. Ba’zan taroqqa o‘xshab o‘sgan shakllarda bo‘lishi xarakterlidir. Konkretsiyalar (18.13-rasm), Shuningdek tomma, shingilsimon, buyraksimon, po‘stloqqa o‘xshash va noto‘g‘ri shakllar ko‘rinishida bo‘lganlari ham uchraydi. Organik qoldiqlar o‘rnida paydo bo‘lgan psevdomorfozalari ko‘p uchraydi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling