130
(101) bo‘yicha mukammal emas. Mo‘rt. Qattiqligi 5–6. Solishtirma og‘irligi 4,6 –
4,9 (piritdan kichik). Elektrni yomon o‘tkazadi. Mikroskop ostida silliqlangan
shliflarda kuchli anizotrop va pleoxroizm hususiyatiga ega. Qaytarish ko‘rsatkichi
Yuqori – 55%. Diagnostik belgilari. Markazitning kristallari
uchun nayzasimon
yoki taxtachasimon ko‘rinishdagi shaklllar xarakterlidir. Yangi singan joylari
yashilroq tovlanib turadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,690; 2,412;
1,754. Daxandam alangasida va kislotalarda piritga o‘xshash.
Markazitning hosil bo‘lishi asosan gidrotermal jarayonlar bilan bog‘liqdir.
Bu mineral yerning ustki qismida pirrotinning o‘zgarishidan ham hosil bo‘lishi
mumkin. Markazitning
gidrotermal konlarda, mineral hosil bo‘lishining oxirgi
bosqichida yuzaga keladi. Bu erda u bo‘shliqlarda kvars va sul’fidlarga o‘sgan
kristallar xolida yuzaga keladi. Gidrotermal
tomirlarda markazit kvars, pirit,
galenit, sfalerit va boshqa sul’fidlar bilan bir assotsiyasiyada uchraydi.
18.13-rasm. Markazit
Markazit O‘zbekistonda juda ko‘p uchraydi. U Quramada (Konsoy,
Taboshar, Takeli, Qurusoy, Qulko‘rmas, Aktepa, Naugarzansoy), Sharqiy
Qoramozor
polimetall konlarida, Olmaliqda, Choqadambuloqda, Kochbuloqda
uchraydi. Angrendagi ko‘mir konida yirik uyumlari uchraydi.
Bundan tashqari
131
Markaziy Qizilqumdagi oltin konlarida, G‘arbiy O‘zbekistondagi skarn – sheelitli
konlarda va Janubiy O‘zbekistondagi konlarda uchraydi.
Markazit sul’fat kislota olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: