Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Tetraedrit Cu
12
Sb
4
S
13
 
Tetraedritni nomi kristallarini tetraedrik formaga ega bo‘lishiga qarab 
quyilgan, tennantitni nomi Angliyalik ximik S.Tennant nomiga qo‘yilgan.
Kimyoviy tarkibi: tetraedrit – Cu – 45,77%, Sb – 29,22%, S – 25,01%, 
tennantit Cu – 51,57%, As – 20,26%, S – 28,17%. Aynama rudalarning quyidagi 
xillari ma’lum: Freybergit – kumushga boy tetraedrit, zandbergit – ruxga boy 
tennantit yoki tetraedrit, ferrotetraedrit – tarkibida temir 13,08% gacha.
Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksatetraedrik – 3L
2
4L
3
6P. 
Fazoviy gruppasi: a0=10,19 (tennantit uchun), a0=10,33 (tetraedrit uchun). 
Ko‘pgina hollarda aynama rudalar yaxlit massalar holida yoki tomirlarda va yon 
tog‘ jinslarida xol-xol donalar holida sul’fidlar bilan hamda asosan tetraedrik, 
trigon – tritetraedrik va rombododekaedrik qiyofaga ega bo‘lgan kristallar tarzida 
uchraydi.
Aynama rudalarning rangi po‘latdek kulrangdan temirdek qoragacha. 
Yaltirashi metallsimon yoki yarim metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi 
yo‘q. Sinishi silliq emas. Qattiqligi 3-4,5. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi – 4,6-5,1. 
Aynama rudalar elektr tokini juda kam o‘tkazadi. Mikroskop ostida silliqlangan 
shliflarda aynama rudalar kulrang, ba’zan qo‘ng‘ir, izotrop. Nurni qaytarish 
ko‘rsatkichi 30%.
Aynama rudalarni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallarni tetraedrik 
shakli, singanda xira yaltirashi va mo‘rtligi (pichoq bilan chizganda chiziq 
maydalanib, yaltiroq iz qolmaydi) hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy 
chiziqlari: 3,00; 1,839; 1,568 (tetraedrit uchun); 2,94; 1,803; 1,537 (tennantit 
uchun). HNO
3
da erib S, Sb
2
O
3
va As
2
O
3
ajralib chiqadi. Dahandam alangasida 
erib kulrang gard hosil bo‘ladi va As
2
O
3
, Sb
2
O
3
ajralib chiqadi.
Aynama rudalar ko‘p tarqalgan minerallardan hisoblanib, lekin yirik 
uyumlarni juda kam hosil qiladi. Aynama rudalar gidrotermal eritmalardan hosil 
bo‘lib, rudali tomirlarda boshqa sul’fidlar bilan birgalikda uchraydi. Ayrim 


135 
hollarda pnevmatolit va ekzogen jarayonlarda hosil bo‘lganlari ham uchratilgan. 
Kuzatishlarning ko‘rsatishicha aynama rudalarni kub – romb – dodokaedrik 
qiyofadagi kristallari ko‘pincha karbonat tog‘ jinslarida uchrab, tetraedrik 
qiyofadagi kristallari esa sul’fidli tomirlarda uchraydi. Gidrotermal jarayonlarda 
aynama rudalar qalay bilan (Angliyadagi Koruell koni, Oltoyda), molibden bilan 
(Oltoy), vol’fram bilan (Uraldagi Gumbeyka), oltin bilan (Uraldagi Berezovsk, 
Sharqiy Sibirdagi Darasun), kumush bilan (Amerikani G‘arbiy rayonlari), mis 
bilan (Uralni kolchedan konlari), polimetallar bilan (Donbass, Oltoy), sur’ma bilan 
(Farg‘ona), margimush bilan (Kavkaz konlari) birgalikda keladi. O‘zbekistonda 
mis, oltin va qo‘rg‘oshin-ruxli konlarda aynama rudalar eng ko‘p uchraydigan 
rudali minerallar qatoriga kiradi.
Aynama rudalarni eng katta amaliy ahamiyati ularni tarkibida ko‘pincha 
oltin va kumush aralashmasini bo‘lishidir. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling