Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Nazorat savollari: 
1. Galenit va sfaleritni ta’riflang. 
2. Qanday ma’danlar “polimetall” deb ataladi? 
3. Surma qaysi mineraldan olinadi? 
4. Kinovar uchun xos bo‘lgan belgilar qaysilar?
5. Pirit, molibdenit va vismutinning formulasini yozing. 
6. Molibdenit qanday belgilari bilan aniqlanadi?
7. Piritning xalkopiritdan farqi. 
8. Auripigment va realgar qayerda ishlatiladi? 
 
19. Galloid birikmalar 
19.1. Xloridlar. Galit gruppasi 
Galit – NaCl  
Nomi grekcha «gal’s» - tuz degan so‘zdan kelib chiqqan. Sinonimlari: tosh 
tuz (ziyaya yirik kristallangan massa bo‘lib, tog‘ jinslar orasida yotgan xili) va osh 
tuzi (kristallari bir-biriga yopishmagan agregatlar bo‘lib, sho‘r suvli xavzalar 
tagiga cho‘kkani).


137 
Kimyoviy tarkibi: Na – 39,4%; Cl – 60,6%. Mexanik aralashma sifatida 
gips, gilli minerallar, karnallit va boshqalar uchraydi.
Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L
4
4L
3
6L
2
9PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=5,628.
Kristallarining qiyofasi kubik. Agregatlari cho‘kma tuz havzalarining ostida 
bir-biriga yopishmagan (sochiluvchan) dona-dona bo‘lib yoki zich kristallangan 
donali qobiq yoki «qatlamcha» bo‘lib, ba’zan juda yirik druza bo‘lib o‘sgan 
kristallar holatida topiladi.
Galit shaffof va rangsiz yoki oq, lekin har xil aralashmalar hisobiga kulrang 
(gilli moddalar aralashsa), sariq (temir gidrooksidlari aralashsa), qizil (temir 
oksidlari aralashsa), qo‘ng‘ir va qora (organik moddalar aralashsa) ranglarda 
bo‘lishi mumkin. Yaltirashi shishasimon, biroz nuragandan so‘ng yog‘langandek 
bo‘lib qoladi. Ulanish tekisligi kub bo‘yicha o‘ta mukammal. Qattiqligi 2. Mo‘rt. 
Solishtirma og‘irligi 2,1-2,2. Optik xususiyatlari: izotrop, N=1,544. Elektrni 
kuchsiz o‘tkazib, issiqlikni juda yaxshi o‘tkazadi. Suvda oson eriydi. Mazasi sho‘r.
Galitni kichik qattiqligi, suvda oson eruvchanligi, sho‘r mazasi va ulanish 
tekisligiga qarab oson ajratish mumkin. Rentgenogrammadagi chiziqlari: 1,990; 
1,259; 1,149. Dahandam alangasida ko‘mir ustida odatda charsillab-charsillab 
eriydi (800° da) va alanga sarg‘ish rangga kiradi.
Galitning asosiy massasi ekzogen jarayonlar davomida, oqib chiqmaydigan 
sho‘r suvli dengiz va ko‘llarda, quruq issiq iqlimli sharoitlarda cho‘kish yo‘li bilan 
hosil bo‘ladi. Bunday joylar Farg‘ona vodiysida va Qoraqalpog‘istonda ma’lum. 
Galitning eng katta konlari O‘rta Osiyodagi (Boybichekan, Oqbosh, Tyubegatan, 
Xojakon konlari va boshqalar) Yuqori Yura davriga taaluqli cho‘kindi tog‘ jinslari 
orasidagi katta qalinlikdagi tuz konlarida uchraydi. Ularning qalinligi 400 m va 
undan ham ortiq bo‘lishi mumkin. Sho‘r suvli va dengizlardagi galitni cho‘kishi 
to‘rtlamchi davrda boshlangan bo‘lib ayrimlari hozir ham davom etmoqda. 
Galitning uncha yirik bo‘lmagan uyumlari vulqondan chiqqan mahsulot sifatida, 
boshqa xloridlar bilan birga, vulqon kraterlari devorida va lava oqimlari 
darzliklarida yotqiziladi. Galitni chet ellardagi yirik konlari Germaniyada 


138 
(Stasfurt), Amerikada (Kanzas, Texas va Oklaxoma shtatlarida), Pol’shada 
(Velichko koni), Uralda (Solikamsk koni), Ukrainada (Donbassda) ma’lum. Bular 
qatoriga cho‘kindi yo‘l bilan hosil bo‘lgan El’ton va Bosqunchoq ko‘llarini ham 
kiritish mumkin.
Galitning qo‘llanilishi juda xilma-xildir. U oziq-ovqat mahsuloti va uni 
saqlash vositasidir. Ximiya sanoatida xlorid kislota, xlor, sodalar, o‘yuvchi natriy 
ishqorini va boshqa ko‘p birikmalarni olish uchun ishlatiladi. Galit natriy metali 
olishda asosiy manba hisoblanadi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling