Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Sil’vin – KSl  
Nomi gollandiyalik vrach va ximik Sil’viy sharafiga Shunday nom bilan 
atalgan. Kimyoviy tarkibi: K = 52,45%; Cl = 47,55%. Singoniyasi kubik. 
Simmetriya ko‘rinishi geksa-oktaedrik – 3L
4
4L
3
6L
2
9PC. Fazoviy gruppasi 
a0=6,28. Kristall strukturasi galit strukturasi kabi. Sil’vin ko‘pincha boshqa tuzli 
yotqiziqlar bilan birga donador yaxlit massalar xolida uchraydi. Juda oz miqdorda 
druzalar va aloxida kristallar tarzida uchraydi.
Sil’vinning toza xillari suvdek shaffof va rangsiz. Aralashmalar hisobiga oq, 
qizg‘ish va pushti bo‘lishi mumkin. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi 
{100} bo‘yicha o‘ta mukammal. Qattiqligi 1,5 – 2. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 
1,97 – 1,99. Optik konstantalari: izotrop, N=1,490. Issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. 
Uning mazasi o‘tkir, ba’zan achchiqroq sho‘rdir. Suvda oson eriydi. U gigroskopik 
(havodagi namlikni o‘ziga tortadi). Daxandam alangasida oson eriydi va alangaga 
binafsha rang beradi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,225; 1,403; 1,045. 
O‘ziga o‘xshash galitdan mazasi bilan farq qiladi.
Xuddi galit kabi suvli eritmalardan (dengiz va ko‘llarda) kimyoviy cho‘kindi 
sifatida hosil bo‘ladi. Tuzli yotqiziqlarda sil’vin bilan birga galit, karnallit va 
boshqa minerallar uchraydi. Sil’vinning konlari Permda (Solikamsk), Fransiyada 
(El’zas koni), Ukrainada, G‘arbiy Qozog‘istonda, Kaliforniyada ma’lum.
O‘zbekistonda sil’vin Oqbosh, Tyubegatan, Qovurdoq, Karlyuk va boshqa 
konlarda topilgan. Sil’vining yirik uyumlari O‘rta Osiyoning janubida Yuqori yura 
davri yotqiziqlariga to‘g‘ri keladi.


139 
Sil’vin sun’iy kaliyli o‘g‘itlar olishda xom ashyo hisoblanadi. Ximiya sanoatida 
sil’vindan meditsinada, parfyumeriyada, fotografiyada va boshqa sohalarda 
ishlatiladagan kimyoviy preparatlar olishda foydalaniladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling