Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 


150 
Magnetit - FeFe
2
O
4
  
Mineral nomining qanday kelib chiqqanligi aniq emas. U Magneziya 
(Makedoniya) degan joy nomi bilan, yoki cho‘pon Magnes nomi bilan bog‘liq deb 
taxmin qilishadi. Cho‘pon magnes magnetitni birinchi marta topgan va bu magnit 
cho‘ponning etiklari ostidagi mixni va tayog‘i uchidagi temirni o‘ziga tortgan. 
Nomi magnitlik hususiyati bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sinonimi magnitli 
temirtosh.
Kimyoviy tarkibi: Fe – 72,36%; O – 27,64% . Aralashma sifatida TiO
2
va 
Cr
2
O
3
bo‘lishi mumkin. Tarkibidagi TiO
2
miqdori 25% gacha etsa mineral 
titanomagnetit deyiladi. Tarkibida Cr
2
O
3
bo‘lgan xili xromamagnetit deyiladi.
Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L
4
4L
3
6L
2
9PC. 
Fazoviy gruppasi a
0
=8,374.
Topilgan kristallari ko‘proq oktaedrik, ba’zan rombo – dodekaedrik bo‘ladi. 
Agregatlari yaxlit donador massalar yoki xol – xol donalar bo‘lib intruziv, 
ko‘pincha asos jinslar orasida uchraydi. Bo‘shliqlarda druza bo‘lib o‘sgan 
kristallarini ham uchratish mumkin. (20.3-rasm) 
20.3-rasm. Magnetit 


151 
Magnetitning rangi temirdek qora. Chizig‘i qora. yaltirashi yarim 
metallsimon. Shaffof emas. Qattiqligi 5,5 – 6. Mo‘rt. Ulanish tekisligi yo‘q. 
Solishtirma og‘irligi 5,9- 6,2. Kuchli magnit tortish hususiyatiga ega. 580°C ga 
yaqin temperaturaga qizdirganda magnit tortish hususiyati yo‘qoladi, lekin 
soviganda yana magnit tortadigan bo‘lib qoladi. Mikroskop ostida, silliqlangan 
shliflarda magnetit izotrop. Qaytarish ko‘rsatkichi kichik – 21%.
Magnetit uchun diagnostik belgi bo‘lib, uning magnitlik hususiyati, kristallar 
qiyofasi va chizig‘ining qoraligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy 
chiziqlari: 2,541; 1,612; 1,479. HCl da kukun xolatida eriydi. Daxandam 
alangasida erimaydi. Oksidlantiruvchi alangada avval magnetitga (Fe
2
O
3
), keyin 
magnit tortish hususiyatini yo‘qotib gematitga aylanadi.
Sun’iy yo‘l bilan magnetitni tarkibida temiri bo‘lgan silikat eritmalarni 
kristallizatsiyalanishidan, hamda galoidlar va mineralizatorlar (masalan, B(OH)
3

ishtirok etuvchi eritmadan olish mumkin.
Magnetit asosan qaytaruvchi sharoitlarda, magmatik yo‘l bilan, hamda 
gidrotermal va pnevmatolit jarayonlar ta’siri kontaktida yuzaga keladi. Regional 
metamorfizm ta’sirida magnetit gematitga o‘xshab, ekzogen jarayonlarda 
cho‘kindi jinslar orasida hosil bo‘lgan temir gidroksidlarining degidratsiyalanishi 
natijasida faqat qaytaruvchi (kislorod etishmaydigan) sharoitlardagina vujudga 
keladi. Bunday yo‘l bilan hosil bo‘lgan konlar qatoriga metamorfiklashgan 
cho‘kindi jins qatlami orasida ko‘p topiladigan magnetit – gematitlarning katta – 
katta uyumlari kiradi. Yerning ustki qismida magnetit barqaror bo‘lib 
sochilmalarga o‘tadi. Issiq iqlimli joylarda magnetit 
o‘rnida gematit 
psevdomorfozalari yuzaga kelib, bu jarayon martitlanish deyiladi.
Dunyodagi yirik konlari Ukrainada, Uralda va AQSH da ma’lum. 
O‘zbekistonda magnetit Chotqol – Qurama tog‘larida va Sulton Uizdog‘da ko‘p 
uchraydi.
Tarkibida 45 – 50% dan ortiq temir bo‘lgan magnetit rudalari cho‘yan va 
po‘lat eritib olish uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling